Tergov jarayonida aniqlanişiça, 2019 yil iyun oyida Oltinköl tumanida yaşovçi 34 yoşli R.E. Marhamat tumanida yaşovçi O.K.ning öğlini harbiy bilim yurtiga öqişga kiritib qöyişni va'da qilib, undan 6.000.000 söm miqdorda pullarni aldov yöli bilan qölga kiritgan va bergan va'dasini bajarmagan.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga köra, mazkur holat yuzasidan R.E.,ga nisbatan Buloqboşi tumani IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. R.E.ga nisbatan JKning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi bilan ayblov e'lon qilingan va “garov” ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Jinoyat işlari böyiça Buloqboşi tuman sudining 2020 yil 23 yanvar kungi hukmiga köra, R.E. uşbu jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 2 yil 3 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlangan.