«Davergeodezkadastr» qömitasi hamda Davlat kadastrlari, geodeziya va kartografiya milliy markazi tomonidan aholiga interaktiv xizmat körsatiş maqsadida geoportal joriy etilmoqda.

Geoportal tizimidan maqsad xarita tuziş işlarida inson omilini kamaytiriş hamda yuqori aniqlikda ma'lumotlar oliş uçun zamonaviy texnologiyalar, ya'ni masofadan zondlaş (remote sensing), Global navigatsion sun'iy yöldoşlar tizimlaridan (GNSS) foydalanib mavjud ma'lumotlarga soliştiriş orqali noqonuniy egallangan maydonlarni aniqlaş, navbatçi qişloq xöjaligi xaritalarini yuritiş, har yillik hosil uçun qişloq xöjalik ekinlarini joylaştiriş, qişloq xöjaligi ekinlari ekilgan maydonlarda monitoringini olib boriş, tahlil qiliş va prognozlaş işlari, davlat kadastrlari yagona tizimini yuritiş uçun asos yaratişni avtomatlaştirişdan iborat.

Tizimda nafaqat davlat kadastrlari yagona tizimini yuritiş ma'lumotlarini töplaş, tahlil qiliş, balki şu ma'lumotlar asosida aholiga interaktiv xizmatlar taqdim etiş ham közlangan.

Aholiga interaktiv xizmat körsatiş bölimi 5 ta moduldan iborat. Ular quyidagilar: «Tadbirkorlar uçun»; «Sayohat»; «Mening yurtim - mening xaritam»; «Interaktiv öquv xaritalari»; «Kelajak xaritasi».

«Tadbirkorlar uçun» taklif qilinadigan zaxiradagi yoki vaqtinçalik hokimiyat tasarrufidagi hamda samarasiz foydalanilayotgan yer maydonlari va ularning ball-boniteti, bino va inşootlar töğrisida ma'lumotlar (obektning xaritadagi joylaşgan örni, fotosurati, parametrlari va mutaxassis tomonidan berilgan taklif)ni oliş imkoniyati mavjud.

Bundan taşqari, mazkur modulda özini qiziqtirgan böş yer maydonini oliş va elektron auksionda iştirok etiş portaliga çiqiş giperhavolasi mavjud. Bu esa tizim işlaşida şaffoflikni ta'minlab, yer uçastkasini oliş bilan boğliq noqonuniy xatti-harakatlarning oldini oladi.

«Sayohat» moduli respublikada turizmni rivojlantiriş maqsadida barça diqqatga sazovor joylar, muzeylar va dam oliş zonalari va ular atrofiga yaqin mehmonxona, restoran, kafe va boşqa obektlar töğrisida töğri va töliq ma'lumotlar oliş hamda marşrutni belgilaşdan iborat.

«Mening yurtim - mening xaritam» aksiyasida mamlakatning har bir fuqarosi ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari orqali yoki tizimda röyxatdan ötib, özlari bilgan joylar töğrisida ma'lumot kiritişi yoki mavjud ma'lumotlarni tahrirlaş imkoniga ega bölişadi. Kiritilgan ma'lumotlar qömita mutaxassislari tomonidan körib çiqiladi va har oyda «eng köp ma'lumot kiritgan sayt a'zosi», «eng töğri ma'lumot kiritgan sayt a'zosi» nominatsiyalari böyiça ma'lumotlar berib boriladi.

Hozirda mavjud statistik ma'lumotlardan foydalangan holda «interaktiv öquv xaritalari» yaratiş, maktab öquvçisidan tortib to sohada faoliyat olib borayotgan xodim özi uçun kerakli va qiziqarli bölgan ma'lumotlarni tez, aniq va qulay usulda oliş imkoniga ega bölişadi.

«Kelajak xaritasi» bu yaqin kelajakda Özbekistonning boy tarixi hamda tabiatini tölaligiça körsatib beradigan interaktiv uç ölçamli animatsion xaritalar yaratiş işlariga möljallangan.