“Mamlakatlarimiz örtasidagi tovar ayirboşlaş hajmini bir neça martaga oşirişimiz mumkinligiga qat'iy işonamiz. Buning uçun mahsulotlarimizning ikki mamlakat bozorlariga keng kirib borişi uçun qulay şart-şaroitlarni yaratişga qaratilgan birgalikdagi sa'y-harakatlar muhimdir”, - dedi investitsiya va taşqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov Toşkentda bölib ötgan Özbekiston-Vengriya hukumatlararo komissiyasida çiqişida.
Uning sözlariga köra, savdo uylarini oçiş, özaro savdo missiyalarini taşkil etiş, Özbekiston va Vengriyaga yetkazib beriş uçun istiqbolli mahsulotlar röyxatini doimiy ravişda almaşiş ikki tomonlama savdoni rivojlantirişda katta rol öynaşi mumkin.
“Yevropa Ittifoqining GSP+ imtiyozli tarif tizimini Özbekistonga nisbatan tezroq qöllaş masalasida Vengriyaning qöllab-quvvatlovi özaro savdo hajmining ösişiga yordam beradi", dedi Umurzoqov.
Şu bilan birga, vazir "ulkan salohiyatga ega bölişiga qaramay, Özbekiston va Vengriya örtasidagi özaro savdo körsatkiçlari juda kam darajada saqlanib qolganini" ta'kidladi. 2019 yil yakunlariga köra, özaro savdo hajmi 71 million dollarni taşkil etgan (ösiş 44,9 foiz).
"Biz, şuningdek, Vengriya hukumati mahsulotlarimizni sertifikatlaş, standartlaştiriş, markirovkalaş va sanitariya-karantin protseduralaridan ötiş böyiça maslahat va texnik yordam beriş orqali Özbekiston mahsulotlarini Vengriya bozorida va butun Yevropa Ittifoqi bozorlarida ilgari surişda yordam berişiga işonamiz", dedi vazir.
Öz navbatida, Umurzoqovning sözlariga köra, Özbekiston yevropalik iste'molçilarni yuqori sifatli töqimaçilik mahsulotlari, yangi va quritilgan meva-sabzavot mahsulotlari, don mahsulotlari, vino va konyak konsentrati, asal mahsulotlari, öğitlar va boşqa köplab narsalar bilan ta'minlaşi mumkin.
Özbekiston hozirda bazaviy imtiyozlar boş tizimidan (GSP) foydalanadi, unga köra YeIga 3 mingta mahsulotni bojxona tölovisiz va 3200ta mahsulotni pasaytirilgan stavkalarda eksport qiliş mumkin. Agar mamlakat plyus imtiyozlar boş tizimi (GSP+) böyiça bir tomonlama tarif imtiyozlarini oladigan bölsa, 6 mingdan ortiq turdagi mahsulotni boj tölovisiz olib kirişi mumkin böladi.












