Gen Şuan Foto: Artem Ivanov/TASS

Xitoy vakili onlayn-brifingda OAVda AQŞ va Germaniya maxsus xizmatlari Şveytsariyaning Crypto AG kompaniyasi niqobi ostida ötkazgan katta kölamli ayğoqçilik faoliyati haqidagi xabarlarga şunday izoh berdi.  

“Faktlar AQŞ xalqaro kiberhududa eng yirik ayğoqçi davlat va tom ma'noda xakerlar imperiyasi ekanligini navbatdagi marta isbotladi. Ularning yaşirinça tinglaşlari özboşimçalik va qonunga amal qilmaslik darajasiga yetdi”, deb aytgan diplomat.

“Ular har kuni butun dunyo böylab 5 mlrd telefon qönğiroğini eşitadi, 10 yildan köproq vaqtdan beri Germaniya kansleri Angela Merkel telefonini tinglab keladi, har yil Xitoydagi 3 mlnta kompyuter ustidan nazoratni egallab oladi va 3,6 mingdan köproq saytiga troyan dasturlarini kiritadi. Şu bilan birga ular özlarini kiberhujumlar qurboni qilib körsatadi, öğri “öğrini uşla” deb baqirgani kabi tomoşa körsatadi. Bu ahmoqona va tuturuqsiz nayranglardan bölak narsa emas”, deb qöşimça qilgan Gen Şuan.   

“Esqi qarzlarni yopmasdan, yangilariga botadi. AQŞ hali WikiLeaks va Snouden işi böyiça jahon oldidagi qarzini uzişi kerak”, deb öz sözlarini yakunlagan xitoylik diplomat.  

Şveytsariya televideniyesining “Rundşau” dasturi, Germaniyaning ZDF telekompaniyasi va The Washington Post naşri ötkazgan jurnalistik tergov natijalariga köra, AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi va Germaniyaning razvedka xizmati BND 1971 yilda Şveytsariyada joylaşgan Crypto AG kompaniyasini sotib olgani aniqlangan. Öşa vaqtlarda kompaniya maxfiy axborotni şifrlaş uçun möljallangan qurilmalarni işlab çiqariş sohasida yetakçilardan biri bölgan. Aslida esa kompaniya qurilmalari AQŞ va Germaniya maxsus xizmatlari ular orqali jönatiladigan axborotni öqiy oladigan qilib işlangan bölgan.       

AQŞ va Germaniyaning uşbu razvedka faoliyati umumiy hisobda 100dan köproq davlat, jumladan Misr, Liviya, Eron, Argentina va Saudiya Arabistonini qamrab olgan. Şveytsariyaning neytral davlat ekanligi hisobiga kompaniya qurilmalariga talab katta bölgan. “Rundşau” dasturida, şuningdek, Şveytsariyaning yuqori darajadagi harbiy razvedkasi Germaniya va AQŞning bu kirdikorlaridan xabardor bölgani ta'kidlab ötilgan.