Özbekiston prezidentining «Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini yanada qöllab-quvvatlaş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi farmoni bilan Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi taşkil etildi.
Prezidentning «Özbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori bilan vazirlik faoliyatining asosiy yönalişlari belgilab berilgan.
Hujjatda belgilanişiça, tibbiy va transport xizmati körsatiş şaroitlariga köra vazirning birinçi örinbosari – vazirga hamda vazirlik hududiy bölinmalari boşliqlari birinçi örinbosarlari – vazirlik hududiy bölinmalari boşliqlariga tenglaştiriladi.
Qarorga köra, vazirlik va uning hududiy bölinmalari özlariga yuklatilgan funksiyalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
- vazirlikka tegişli vazifalarni amalga oşiriş uçun, zarur hollarda, davlat organlari, ilmiy muassasalar va boşqa taşkilotlarning rahbarlari hamda mutaxassislarini jalb qiliş, işçi guruhlar tuziş;
- vazirlik vakolatiga kiruvçi masalalar yuzasidan davlat organlari va taşkilotlardan statistik, tahliliy materiallar, xulosalar va boşqa ma'lumotlarni söraş va oliş;
- davlat organlari va taşkilotlar rahbarlariga fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisidagi qonun hujjatlari buzilişi, ularni keltirib çiqaruvçi sabab va şart-şaroitlarni bartaraf etiş böyiça körib çiqilişi majburiy bölgan taqdimnomalar kiritiş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini közlab sudlarga ariza (şikoyat) va da'volarni kiritiş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini qöllab-quvvatlaşga doir taşabbuslar bilan çiqiş hamda takliflar kiritiş.
Hujjat bilan, Iqtisodiyot va sanoat, Moliya, Quriliş vazirliklari, Markaziy bank, Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklarining:
- har bir mahallada tadbirkorlik sub'yektlari – yuridik şaxslarni faol jalb qiliş hisobiga fuqarolarning özini özi boşqariş organi kompleksini davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida quriş;
- fuqarolarning özini özi boşqariş organlarining moddiy-iqtisodiy asoslarini mustahkamlaş, aholini iş bilan ta'minlaş borasidagi imkoniyatlarini kengaytiriş maqsadida fuqarolar yiğinlariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun ijtimoiy dasturlar, şu jumladan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi, «Hunarmandçilikni rivojlantiriş dasturi», «Yoshlar – kelajagimiz» dasturi asosida imtiyozli kreditlar ajratiş töğrisidagi takliflari ma'qullandi.
Hujjat bilan, 2020 yil 1 iyulga qadar:
Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar, tuman va şaharlar markazlarida «Mahalla markazi» majmualari binolari namunaviy loyihalar va ularga qöyilgan talablar asosida quriş (rekonstruksiya qiliş, ta'mirlaş), şuningdek, ularni zarur mebel jamlanmasi, kompyuter texnikasi bilan jihozlaş;
«Mahalla markazi» majmualarida vazirlikning hamda Özbekiston «Mahalla» xayriya jamoat fondining hududiy bölinmalarini joylaştiriş işlarini yakunlaş belgilab qöyildi.
Içki işlar vazirligi boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2020 yil 1 iyunga qadar «Mahalla» elektron ma'lumotlar bazasini yanada takomillaştiriş, axborot xavfsizligini ta'minlaş va özaro ma'lumot almaşinuvini joriy etiş çoralarini köradi.
Vazirlik boşqaruv xodimlarining Yagona tarif setkasi böyiça mehnatga haq tölaşning tasdiqlangan razryadlariga muvofiq lavozim maoşini belgilaşda tarif koeffitsiyenti markaziy apparatda – 2 baravarga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi, viloyatlar va Toşkent şahar mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş boşqarmalarida – 1,5 baravarga, tuman (şahar) mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş bölimlarida – 1,3 baravarga oşirilgan miqdorda qöllanilişi belgilandi.
Farmonga köra, 1 apreldan boşlab, fuqarolik holati dalolatnomalarini yoziş (FHDYo) organlari Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tasarrufiga ötkaziladi.
- Avvalroq prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan yiğilişda prezident mahalla tizimidan xalq ham, davlat ham töla rozi emasligini, bu sohada kamçilik va dolzarb masalalar köpligini ta'kidlagan hamda Mahalla va oila masalalari vazirligini taşkil etiş taklifini bildirgandi.
- 18 fevral kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida Mahalla va oilani qöllab-quvvatlaş vazirligi rahbari lavozimiga «Mahalla» xayriya jamoat fondi raisi Rahmat Mamatov nomzodini ma'qullaşdi.












