Belgilanişiça, 2020 yil 1 iyundan boşlab:

sotilayotgan va işlab çiqarişda foydalanilayotgan metall prokatining har bir töpiga işlab çiqaruvçi (import qiluvçi) tomonidan texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sinovlarning ijobiy natijalari asosida rasmiylaştiriladigan sifat töğrisidagi hujjat ilova qilinişi kerak. Bunda işlab çiqaruvçilarda tegişli işlab çiqariş laboratoriyalari mavjud bölmagan taqdirda, metall prokatini boşqa sinov laboratoriyalarida (şu jumladan, tuzilgan şartnomalar asosida) sinovdan ötkazişga yöl qöyiladi;

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar, Toşkent şahri hokimliklari, vazirliklar va idoralar huzuridagi markazlaştirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalaştiriladigan obektlarni quriş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta'mirlaş böyiça buyurtmaçi xizmatlari texnik jihatdan tartibga soliş sohasida normativ hujjatlar talablariga muvofiqlik yuzasidan sertifikatlaştirilgan quriliş uçun möljallangan metall mahsulotlari xarid qilinişi va qöllanilişi uçun javob beradilar.

Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari quriliş sohasida hududiy nazorat inspeksiyalari bilan birgalikda 2020 yil 1 aprelgaça bölgan muddatda sifati texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq bölgan metall prokati va quriliş uçun möljallangan mahsulotlar işlab çiqaruvçi taşkilotlar reyestrini şakllantiradilar va e'lon qiladilar, şuningdek, reyestr har yili yangilanişini ta'minlaydilar.

Belgilanişiça, 2020 yil 1 iyundan boşlab induksion peçlardan foydalangan holda tayyorlangan quriliş uçun möljallangan metall prokatini işlab çiqariş va qöllaş taqiqlanadi.

Bunda qurilişdan boşqa maqsadlar uçun metall mahsulotlarini işlab çiqariş va qöllaşda induksion peçlardan foydalanişga yöl qöyiladi.

Quriliş vazirligi huzuridagi Quriliş sohasida nazorat inspeksiyasi va hududiy inspeksiyalar metall prokati texnik jihatdan tartibga soliş sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiq emasligi hamda obektlarda binolar va inşootlarning zilzilaga bardoşligiga ta'sir körsatuvçi hamda insonning hayoti va soğliğiga xavf soluvçi sifatsiz quriliş materiallari va buyumlar qöllanilişi aniqlangan hollarda metall prokati va undan tayyorlangan mahsulotlar işlab çiqarilişi, sotilişi va qöllanilişini töxtatiş böyiça zarur çora-tadbirlar köradilar.

Belgilanişiça:

xavfli işlab çiqariş obektlarini, şu jumladan, qora va rangli metallar eritmalari va uşbu eritmalar asosida qotişmalar olinadigan obektlarni identifikatsiyalaş faqat akkreditatsiya qilingan ekspert taşkiloti tomonidan amalga oşiriladi;

qora va rangli metallar eritmalari va uşbu eritmalar asosida qotişmalar olinadigan işlab çiqariş obektlari ular foydalanişga topşirilgunga qadar qonun hujjatlariga muvofiq xavfli işlab çiqariş obektlari sifatida majburiy identifikatsiyadan ötkazilişi kerak.

Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi, “Özstandart” agentligi, Quriliş vazirligi Boş prokuratura va Adliya vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga obektlarning sanoat xavfsizligi, şaharsozlik töğrisidagi qonunçilik talablari buzilganligi, texnik reglamentlarga va standartlarning majburiy talablariga rioya qilinmaganligi uçun javobgarlikni kuçaytirişni nazarda tutadigan qonun loyihasini kiritadilar.