Vazirlik matbuot xizmatiga köra, muzokaralar Özbekiston-Vengriya Iqtisodiy hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiyaning 5-majlisi doirasida ötkazildi. Uçraşuvda tomonlar Özbekistonning yoqilği-energetika kompleksiga oid istiqbolli loyihalarni amalga oşirişda hamkorlik qiliş imkoniyatlarini muhokama qildi.
Vengriya tomoni yadro energetikasi, şuningdek tabiiy gaz yetkazib beriş masalalariga e'tibor qaratdi. Qayd etilganidek, Vengriya Iqlim böyiça Parij bitimining a'zosi sifatida, atom energetikasisiz atmosferaga zararli çiqariş körsatkiçlarini kamaytirişga erişib bölmaydi, deb hisoblaydi.
Muzokaralar yakuni böyiça tomonlar tinç atomdan foydalaniş, xususan, Özbekistonda birinçi AES qurilişi sohasida hamkorlikni rivojlantiriş haqida özaro kelişuvga erişdi.

Vengriya tomoni Özbekiston uçun ajratiladigan stipendiyalar doirasida atom energetikasi böyiça mutaxassislarni öqişga yuboriş haqidagi taklifni körib çiqiş fikrini ilgari surdi. Bunda Budapeşt texnika universitetidagi yaxşi ta'lim dasturi va “Pakş” AESda amaliyotni ötkaziş imkoniyati qayd qilindi.
Şuningdek, mintaqa gaz bozorini rivojlantiriş masalalari va Özbekistonning uşbu sohadagi kelgusi rejalari muhokama qilindi.
Energetika vazirligi tomonidan energetika va neft-gaz sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlar, tabiiy gaz negizida yuqori qöşilgan qiymatli mahsulot işlab çiqariş bilan boğliq loyihalar haqida ma'lumot berildi.
Vengriya delegatsiyasiga may oyida Toşkentda an'anaviy Power Uzbekistan 2020 körgazma-konferensiyasi ötkazilişi haqida ma'lumot berildi va ular energetika sohasidagi uşbu muhim anjumanga taklif qilindi.













