Hasanjon Muhamadoviç Ahmedov 1984 yil Samarqand şahrida tuğilgan. Toşkent moliya institutini bank işi va menejment yönalişi böyiça tamomlagan.

U 2015—2019 yillarda «Xalq banki»ning turli departamentlarida direktor va filial boşqaruvçisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
2019 yildan şu kunga qadar u «Xalq banki» Hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlaştiriş kompleksi rahbari lavozimida işlab kelayotgandi.
Bundan avvalroq «Xalq banki» boşqaruvi raisining örinbosari lavozimida işlab kelgan Nizomiddin Abbosov Böka tumani hokimi vazifasini bajaruvçi etib tasdiqlangandi.
Eslatib ötamiz, 2019 yilning oktabr oyi oxirida «Xalq banki» boşqaruvi raisi Murodilla Eşmatov lavozimini tark etib, uning örnini Farhod Salomov egallagandi.
Murodilla Eşmatov «Mikrokreditbank» rahbarligiga tayinlangan, ammo 2020 yilning yanvar oyida bu bank rahbarligidan ham ketgan, köp ötmay unga qarşi jinoiy iş oçilgani töğrisida xabarlar tarqalgan.











