Bugun, 19 fevral kuni Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengaşining majlisi bölib ötdi.

Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva Kengaş majlisini oçar ekan, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga yöllagan Murojaatnomasidan kelib çiqadigan dolzarb vazifalarning, şuningdek parlament yuqori palatasi zimmasiga yuklangan vakolatlarning amalga oşirilişi borasida Senat a'zolarining mas'uliyati haqida töxtalib ötdi.

Majlisda Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining ikkinçi yalpi majlisini joriy yil 28 fevral kuni çaqiriş töğrisida qaror qabul qilindi.

Yalpi majlisda Senat a'zolari tomonidan ijtimoiy-iqtisodiy, sud-huquq sohalaridagi islohotlarni izçil davom ettiriş, mahalla va oila institutini mustahkamlaş, bolalar huquqlarini himoya qilişga qaratilgan bir qator qonun hujjatlari hamda muhim masalalar muhokama qiliş nazarda tutilmoqda.

“Özbekiston Respublikasining fuqaroligi töğrisida”gi, “Aholini röyxatga oliş töğrisida”gi, “Metrologiya töğrisida”gi, “Xalqaro tijorat arbitraji töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi qonunlari şular jumlasidan.

Şuningdek, senatorlar bola huquqlarining qöşimça kafolatlari belgilanişi, sud iş yurituviga axborot texnologiyalarini joriy etiş davom ettirilişi va nizolarni sudgaça hal qiliş muddatlari maqbullaştirilişi munosabati bilan Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutadigan qonunlarni körib çiqadilar.  

Yalpi majlisda “Xalqaro xususiy huquq böyiça Gaaga konfrensiyasi Ustavini ratifikatsiya qiliş haqida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni ham muhokama etiladi.

Senatorlar tomonidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamiyatda ijtimoiy-madaniy muhitni soğlomlaştiriş, mahalla institutini qöllab-quvvatlaşni davom ettiriş hamda oila va xotin-qizlar bilan işlaş tizimini yangi darajaga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Farmonini tasdiqlaş haqidagi masala ham körib çiqiladi.

Senat a'zolari Özbekiston Respublikasi içki işlar vazirining 2019 yilda içki işlar organlarining jinoyatçilikka qarşi kuraşiş va huquqbuzarliklarning oldini oliş sohasidagi faoliyati töğrisidagi, Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining 2019 yilda Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi zimmasiga yuklangan vazifalarni bajariş böyiça faoliyati haqidagi axborotlarini eşitadi.  

 Yalpi majlis iştirokçilari Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari tomonidan fuqarolarni tibbiy körikdan ötkaziş va nogironlikni aniqlaş masalalari yuzasidan parlament sörovi yuboriş töğrisidagi masalani körib çiqadilar.

Şuningdek, yalpi majlisda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga avval yuborilgan parlament sörovlari natijalarini ham muhokama qiliş nazarda tutilmoqda.

Oliy Majlis Senati qömitalari va devonining ikkinçi yalpi majlisga tayyorgarlik köriş va uni ötkazişga doir işlarini muvofiqlaştiriş maqsadida işçi guruh tuzildi.

Kengaş tomonidan Senat qömitalariga yalpi majlisda muhokama uçun masalalarni tayyorlaşda hududlar manfaatlarini hisobga oliş, aholini taşvişga solayotgan muammolarni oçib beriş va hal etiş böyiça ijro hokimiyati organlari uçun aniq tavsiyalar işlab çiqiş topşiriği berildi.