Özbekiston Respublikasi içki işlar vaziri boşçiligidagi işçi guruh tomonidan Xorazm viloyatida ötkazilgan örganişlar yakuni böyiça Içki işlar boşqarmasida kengaytirilgan yiğiliş bölib ötdi.

Foto: IIV axborot xizmati

Unda içki işlar vaziri, general-leytenant P.Bobojonov, viloyat hokimi F.Ermanov, viloyat va şahar-tuman sektor rahbarlari, jumladan, içki işlar, prokuratura, soliq, şuningdek, jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasi uçun mas'ul bölgan barça davlat va jamoat taşkilotlari rahbarlari iştirok etdi. 

Foto: IIV axborot xizmati

Yiğiliş davomida öz xizmat vazifalarni bajarişda mas'uliyatsizlik va beparvolik bilan yondaşib, xizmat vazifasini lozim darajada bajarmaganligi uçun viloyat IIB Harbiy safarbarlik bölimi boşliği R.Xodjiyev, Ekspert-kriminalistika bölimi boşliği Q.Örinov, Xiva tumani IIB boşliğining birinçi örinbosari D.Madraximov va Hazorasp tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş bölimi boşliği A.Yusupov va yana 6 nafar profilaktika inspektorlari egallab turgan lavozimlaridan ozod qilindi. Şuningdek, bir qator xodimlarga intizomiy jazo çoralari qöllanildi.

Foto: IIV axborot xizmati

Uçraşuv yakunida söz olgan viloyat hokimi F.Ermanov yiğilişda ta'kidlangan kamçiliklar yuzasidan fikr bildirib, kelgusida uşbu yönalişdagi işlarni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş, jinoyatçilikka qarşi kuraş va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş böyiça yöl xaritalarni işlab çiqiş va amalga oşiriş yuzasidan mutasaddilarga tegişli körsatma va topşiriqlar berdi, deyiladi Xorazm viloyati IIB axborot xizmati xabarida.