Uning özi 4 marta kiriş imtihonlarini topşirgan, lekin barçasida «yiqilgan». Şundan söng Toşkent şahridagi xalqaro Westminster universitetiga hujjat topşirib, birinçi urinişdayoq talabaga aylangan. U Özbekistondagi davlat OTMlarining imtihon qiliş tizimi bilim tekşirişga emas, balki yodlaşga asoslangani haqida gapirib ötdi.
«Fikrimça, Özbekiston OTMlariga kiriş imtihonlari bilim tekşirişga emas, yodlaşga asoslangan. Men 4 marta universitetga kirişga harakat qilganman – ikkita davlat oliy ta’lim muassasasiga va ikkita harbiy universitetga.
Barça imtihonlarda yiqilganman. Çunki tarix fanidan qaysidir yilni esimdan çiqarib qöyganman. «Yevropadagi ma’lum bir özgariş qaysi sanada bölgan», degan mazmundagi savol tuşgan edi. Xotiramni tekşirişyaptimi yoki bilimimnimi? Agar öşa vaziyatni aytib beriş söralsa, şunday aytib beraman – kino körgandek bölasiz», deydi Jahongir Pölatov.

U imtihon qiliş tizimi bilim va mahorat tekşirişga asoslangan bölişi lozimligini qayd etib ötdi.
«Ona tili va adabiyot fanlaridan imtihon vaqtida qaysidir şoirning qaysidir asarining qaysidir qismida qahramon qay holatda bölgani haqida savol tuşgan. Agar öşa yozuvçining özbek adabiyoti rivojiga qöşgan hissasi haqida söralsa, aytib bera olaman. Bu yerda imtihon qiliş tizimi notöğri», deydi u.
U xalqaro universitetning Toşkentdagi filialiga qanday qilib bir urinişdayoq qabul qilingani haqida ham aytib berdi.
«Westminster’ga IELTS va matematika böyiça imtihon topşirganman. Ikkisiga ham özim ta’sir körsata olganman, ya’ni ingliz tilini köproq öqisam IELTS’dan köproq ball olaman, matematikadan köproq misol yeçsam, formulalarni işlatişni örganaman.
Bu yerda mening hisob-kitob qila olişim, tahlil va ingliz tili böyiça mahoratim tekşirilyapti. Şu sababli bir yarim oy mobaynida tayyorlanib, IELTS’dan 6,5 ball olganman, matematikadan 24ta darsda tayyorlanib, 60 foiz olib, universitetga bir urinişda kirganman», deydi Pölatov.
Kun.uz va Özbekiston yoşlar tadbirkorligini qöllab-quvvatlaş markazi tomonidan yölga qöyilgan «1%» körsatuvining birinçi mehmoni Jahongir Pölatov nafaqat ta’lim tizimi, balki tadbirkorlik, xayriya va motivatsiya haqida ham söz yuritdi. Töliq suhbatni yuqoridagi videoda körişingiz mumkin.











