Özbekiston Respublikasi Markaziy bankining esdalik pul belgilarini tayyorlaş, sotiş va qaytarib xarid qilib oliş tartibi töğrisidagi nizomini tasdiqlaş haqidagi hujjat loyihasi muhokama uçun joylaştirildi.
Esdalik pul belgilari muomaladagi banknotlar va tangalar kabi Özbekiston hududida nominal qiymatga ega naqd pul şaklidagi qonuniy tölov vositasi, şuningdek nominal qiymatidan yuqori baholanuvçi numizmatika, kolleksiyalaş, investitsiya va jamğariş obektlari sifatida muomalada bölişi mumkin.
Esdalik pul belgilarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş narxlari ommaviy axborot vositalarida hamda Markaziy bankning öz rasmiy veb-saytida e'lon qilinadi.
Markaziy bankning öz rasmiy veb-saytida muomalaga çiqariladigan esdalik pul belgilari narxi, ularning sotiş va qaytarib xarid qilib oladigan Markaziy bankning hududiy boş boşqarmalari va tijorat bank filiallari töğrisidagi ma'lumotlar e'lon qilinib boriladi.
Şuningdek, qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik pul belgilarini sotiş va qaytarib xarid qilib oliş narxlarini şakllantirişda qöllaniladigan qimmatbaho metall narxini Markaziy bank har haftada kamida bir marta, milliy valutada belgilaydi va özining rasmiy veb-saytida e'lon qiladi.
Esdalik pul belgilarining namunalari, şuningdek ularning dizayni Senat Kengaşi bilan kelişilgan holda Markaziy bank tomonidan tasdiqlanadi.
Markaziy bank tomonidan banknot va tangalar körinişidagi, turli xil xom-aşyolardan, jumladan, qimmatbaho va boşqa metallardan tayyorlangan, ahamiyatga molik turli mavzularga bağişlangan, çeklangan miqdorda esdalik pul belgilari muomalaga çiqariladi.
Muomalaga çiqariladigan esdalik pul belgilarini tayyorlaşda inson salomatligi uçun xavfsiz bölgan xom-aşyolardan foydalaniş lozim.
Esdalik pul belgilari dizaynida quyidagi elementlar aks ettirilişi mumkin:
muqaddas qadamjolar va tarixiy obidalar, zamonaviy me'morçilik obektlari tasvirlari;
buyuk siymolar ijodi va faoliyatiga bağişlangan tasvirlar, portretlari va haykallari sur'atlari;
milliy an'analar va qadriyatlarga doir tasvirlar;
zamonaviy davrning muhim voqealarini, jahon tarixi, umumjahon madaniyati va qadriyatlarini ifoda etuvçi tasvirlar.
Esdalik pul belgilarining mavzusi, tiraji, nominali, texnik xususiyatlari, xom-aşyosi, metalli va qotişmalari turi, ularning asillik darajasi, zarb etiş sifati, muomalaga çiqariş sanasi Markaziy bank boşqaruvi tomonidan belgilanadi.
Esdalik pul belgilarini sotiş jismoniy şaxslarga naqd va naqd pulsiz hisob-kitob şaklida, yuridik şaxslarga qonunçilikda belgilangan tartibda naqd pulda va pul ötkaziş yöli bilan amalga oşiriladi.
Esdalik pul belgilari boş boşqarmalar va/yoki banklar tomonidan bevosita yuridik va jismoniy şaxslarga sotiladi.
Esdalik pul belgilarini sotiş va ularni yetkazib beriş işlari buyurtmaçilar bilan tuzilgan şartnomalarga muvofiq amalga oşiriladi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini sotiş narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta qimmatbaho metall narxi va Markaziy bank boşqaruvi tomonidan tasdiqlangan marjaga asosan belgilanadi.
Norezidentlar tomonidan respublika hududiga taşrif buyurmasdan esdalik pul belgilarini, şu jumladan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini, sotib olişga talab mavjud bölganda, ularning murojaatlariga asosan boş boşqarmalar va banklar tomonidan hisob-faktura (invoys) yuboriladi.
Hisob-fakturada esdalik pul belgilarining sotiş narxi tölov amalga oşiriladigan kundagi Markaziy bank tomonidan yetkazib beriş (poçta) xarajatlarini hisobga olgan holda xorijiy valutaning sömga nisbatan kursiga muvofiq AQŞ dollari ekvivalentida körsatiladi.
Norezidentlar tomonidan boş boşqarmalar va banklarning tegişli hisobvarağiga mablağlar kelib tuşgandan söng, esdalik pul belgilari poçta ötkazmalari orqali yuboriladi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib oliş narxi topşirilgan kundagi qimmatbaho metall narxi va uşbu narxga qöllaniladigan Markaziy bank boşqaruvi tomonidan tasdiqlangan çegirmaga asosan Markaziy bank tomonidan belgilanadi.
Boş boşqarmalar va banklar tomonidan qaytarib xarid qilib olingan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalari ularning asillik darajasini aniqlaş maqsadida Moliya vazirligi huzuridagi Davlat asillik darajasini belgilaş palatasi tomonidan texnik ekspertizadan ötkaziladi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini asillik darajasini aniqlaş maqsadida ötkaziladigan texnik ekspertiza uçun tölov ularning egalaridan undirilmaydi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib olişda jismoniy şaxs yoki yuridik şaxs vakilining şaxsini tasdiqlovçi hujjati asosida qaytarib xarid qilib oliş töğrisida dalolatnoma rasmiylaştiriladi.
Bunda, yuridik şaxsning vakili qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini tasarruf etiş huquqi borligi töğrisidagi işonçnomani taqdim etişi kerak.
Dalolatnoma uç nusxada tuziladi va ulardan bir nusxasi boş boşqarmada yoki banklarda, ikkinçi nusxasi qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangasi egasida hamda uçinçi nusxasi texnik ekspertiza ötkazilişi uçun qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangasi bilan birga Asillik palatasiga taqdim etiladi.
Qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalari boş boşqarmalar yoki banklar tomonidan yetti iş kunidan oşmagan muddatda texnik ekspertiza ötkaziş uçun Asillik palatasiga yuborilişi kerak.
Asillik palatasi tomonidan yetti iş kunidan oşmagan muddatda texnik ekspertiza ötkazilib, uning natijalari haqida tuzilgan dalolatnoma Markaziy bankka taqdim etiladi.
Markaziy bank Asillik palatasining texnik ekspertiza ötkazilganligi töğrisidagi dalolatnomasini olganidan söng, qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalarini qaytarib xarid qilib olgan boş boşqarmalar va/yoki banklar orqali uning egasi bilan hisob-kitoblarni yetti iş kunidan oşmagan muddatda amalga oşiradi.
Qaytarib xarid qilib olingan qimmatbaho metallardan tayyorlangan esdalik tangalari, Asillik palatasi tomonidan ötkazilgan texnik ekspertiza natijalarini inobatga olgan holda, yana qayta sotuvga qöyilişi (muomalaga çiqarilişi) mumkin.












