Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan tuman-şaharlarda ötkazilayotgan “Tiğ” profilaktik tadbirlari natijasida joriy yilning şu kuniga qadar 356 ta tiğli predmetlar olingan.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati xabariga köra, tadbirlar davomida uşbu tiğli predmetlar maişiy zaruriyat uçun emas, birovga jiddiy tan jarohatlari yetkaziş mumkin bölgan sovuq qurol sifatida saqlanganligi aniqlanmoqda. Piçoqlardan taşqari kastet, professional yoki xonaki tayyorlangan beysbol bitalari ham olib qöyilgan.

Tadbirlar davomida yonidan tiğli jismlar olingan şaxslar ertasi kuni oila a'zolari, mahalladoşlari iştirokida muhokama qilinib, ularning tiğli predmetlarni olib yuriş sabablari böyiça tarbiyaviy işlar kuçaytirilmoqda.

Xususan, Andijon viloyati IIB Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlaş boşqarmasi PPX bataloni xodimlari tomonidan “Tiğ” profilaktik tadbiri doirasida 2020 yilning şu kuniga qadar Andijon şahri hududidagi aholi gavjum bölgan maskanlarda, öquv muassasalarida, köçalarda xamda korxona-taşkilotlarda jami 44 marotaba profilaktik tadbirlar taşkil etildi.












