Vaziyat haqida tasavvurga ega bölişingiz uçun voqealarning qisqa xronologiyasini keltirib ötamiz.
Bundan ikki yil oldin, 2018 yil 17-18 mart kunlari Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrif buyurib, viloyat faollari bilan uçraşganida urgutlik ijodkorlardan biri davlat rahbaridan tumandagi «Navoiy» kutubxonasini ta'mirlaşda yordam söraydi.
Prezident esa murojaat egasiga kuyunçaklik uçun minnatdorlik bildirib, bir emas, ikkita kutubxona qurib berişga ham tayyor ekanini bildiradi va mutasaddilarga barça qulayliklarga ega axborot kutubxona markazi binosi qurib beriş böyiça körsatma beradi.
20ga yaqin mutolaa zali, 4ta muhokama va kompyuter xonalarga ega axborot-kutubxona markazi 2019 yilda, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi tomonidan 3,8 milliard sömga qurib bitkaziladi. OAVda «Prezidentdan söralgan kutubxona qurib bitkazildi» mazmunida xabarlar e'lon qilinadi.


Ammo bino Urgut tuman hokimligining 2019 yil 21 apreldagi tuman xalq deputatlari kengaşining 2019 yil 29 iyundagi qaroriga asosan, Özbekiston yoşlar ittifoqi Urgut tuman kengaşi balansiga ötkaziladi.

Bugungi holat şuki, Urgut tumanidagi axborot-kutubxona markazi öz binosiga ega emas. Prezident topşiriği bilan qurilgan bino esa Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi balansida.
20 mingtaça kitoblar ana şu binoning yertölasida. Kutubxonaning ma'muriy xonalari binoning birinçi qavatida.


Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi esa yuqori qavatni band etgan va bu taşkilot axborot-kutubxona markaziga şu binoda qoliş uçun ijara şartnomasi taklif etmoqda.
Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi rahbari bilan gaplaşganimizda bu şartnomaning beğarazligini, kutubxona faqat kommunal tölovlarni tölaşi lozimligini ma'lum qilmoqda.
Şuningdek, kelişib, har ikki taşkilot ham bemalol faoliyat körsatişi mumkinligi, qolaversa, kitoblarni yertölada saqlaş avvaldan loyihada közda tutilganini aytmoqda.
Tölovsiz şartnoma, kelişib joylaşiş borasidagi fikrlar bir tomondan töğri. Biroq, mantiqan olib qaraganda, axborot-kutubxona markazi Yoşlar ittifoqi tuman kengaşiga beğaraz şartnoma taklif qilişga köproq haqli emasmi aslida? Bino aslida kim uçun qurilgan? Nega Prezident topşiriği bilan axborot-kutubxona markazi özi uçun qurilgan binodan Yoşlar ittifoqining «beğaraz yordami» asosida foydalanişi kerak? Muammo ana şunda.
Urgut tuman hokimi örinbosarining masala yuzasidan fikrini eşitdik. Unga köra, haqiqatan ham bino kutubxona uçun davlat rahbari topşiriği bilan ATKni rivojlantiriş vazirligi tomonidan qurilgan. Ammo öşa paytda vazirlik hududiy organlari öz balansiga olmagani sababli bino Yoşlar ittifoqi tuman kengaşi balansiga ötkazilgan.
Endilikda viloyat hokimi topşiriğiga asosan, tez orada Yoşlar ittifoqi tuman kengaşini boşqa binoga köçiriş va binoni kutubxonaga qaytariş rejalaştirilgan, demoqda hokimlik vakili.
Darvoqe, bu orada Prezidentning kutubxonalar faoliyati bilan boğliq yana bir qarori çiqdi. 2019 yil 7 iyunda e'lon qilingan «Özbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni yanada takomillaştiriş töğrisida»gi mazkur qarorda tumanlar (şaharlar) markazlarida tuman (şahar) axborot-kutubxona markazlarini joylaştiriş va ularning tölaqonli faoliyat yuritişi uçun binolarni belgilangan tartibda ajratiş vazifasi qöyilgan.
Aniqlanişiça, hokimlik binoni şu qaror sababli kutubxonaga qaytarişga kirişgan.
2019 yil 14 noyabr va 2020 yil 13 yanvar kunlari tuman hokimligi tomonidan Yoşlar ittifoqi Markaziy kengaşi raisiga binoni hokimlik zaxirasiga oliş uçun rozilik sörab, ikki marta xat yuborilgani aytilmoqda.
Tuman hokimi örinbosarining aytişiça, endilikda Yoşlar ittifoqiga qayta xat yuboriladi va yoki kimdir Toşkentga borib, Yoşlar ittifoqi raisiga masalani yuzma-yuz tuşuntiradi.

Masala yuzasidan Yoşlar ittifoqi Markaziy Kengaşi munosabat bildirdi. Unga köra, Prezident topşiriği asosida axborot resurs markazi bunyod etilgan va u keyinçalik Urgut tuman Xalq deputatlari tuman kengaşi va tuman hokimining qarorlari bilan ittifoqning tuman kengaşi balansiga ötkazilgan. Şundan söng, binoni saqlaş uçun bir neça ştat birliklari joriy etilgan.
Markaziy Kengaş matbuot xizmatining ma'lumotida Urgut tuman hokimining binoni qaytariş masalasidagi xatlari kelib tuşgan yoki tuşmagani haqida ma'lumot berilmagan.
Qiziq, kutubxona binosini boşqa bir taşkilotga «qöş qöllab» topşirgan hokimlikning özi. Nega endi uni qaytariş uçun şu taşkilotning yuqori organidan rozilik söralişi kerak? Nahotki şu qarorni qabul kelişdan avval uning oqibatlari haqida öylab körilmagan bölsa?
Urgutdagi bu bino Axborot resurs markazi ixtiyoriga qaytarilib, tuman aholisiga axborot-kutubxona xizmatlari körsatilişi barqaror ta'minlanadimi yo yöqmi, buni vaqt körsatadi.
Bu yoği mutasaddilarning davlat rahbari topşiriqlariga qay darajada e'tibor qaratişlariga boğliq.
Anvar MUSTAFOQULOV,
Kun.uz muxbiri.












