Eron madaniyat vazirligi 28 fevralgaça butun mamlakat böyiça madaniy dasturlar bekor qilinganligini ma'lum qildi.
Eronning koronavirus aniqlangan qator hududlarida, jumladan butun Qum viloyatida kasallik tarqalişiga yöl qöymaslik maqsadida öquv muassasalari yopib qöyildi.
Koronavirusga çaliniş holatlari birinçi bölib aniqlangan va kasallikka çalinganlar eng köp bölgan Qum viloyati hokimiyati maktab va universitetlarni ikki kunga – yakşanba va duşanba kunlari yopişga qaror qildi.
Markaziy viloyatida esa maktablarni bir haftaga yopişga qaror qilindi.
IRIB teleradiokompaniyasi Ğilon viloyatidagi maktablar çorşanbagaça, Guliston viloyatida esa yakşanba va duşanba kunlari yopilişini xabar qildi.
Eron madaniyat vazirligi 28 fevralgaça butun mamlakat böyiça madaniy dasturlar bekor qilinganligini ma'lum qildi.
Ayni paytgaça Eronda koronavirusga çaliniş bilan boğliq 28ta holat qayd etilgan bölib, ulardan beştasi ölim bilan tugagan. Mamlakat soğliqni saqlaş vazirligining ma'lumotiga köra, kasallikka çalinganlar asosan Qum viloyatida istiqomat qiladi yoki bu yerda bölgan.













