Hindistonning geologik xizmati Uttar-Pradeş ştatida 3 ming tonnadan köproq oltin topilgani haqida avval tarqalgan xabarni rad etdi.
Avvalroq ba'zi OAVlar Hindistonda mamlakat oltin zaxirasini bir neça karra köpaytirişi mumkin bölgan oltin koni topilganini ma'lum qilgan.
Biroq geologik xizmatda ta'kidlanişiça, Uttar-Pradeşda uzoği bilan 160 kilogramm oltin topiş mumkin.
Ayni vaqtda Hindistonning oltin zaxirasi 626 tonnani taşkil qiladi. Bu borada AQŞ 8133 tonna oltin bilan yetakçilik qiladi.
Agar Uttar-Pradeşda oltin koni topilgani haqidagi xabar tasdiqlanganda, unda Hindiston 3366 tonna oltinga ega Germaniyani 2-örindan pastga tuşirib yuborgan bölardi.












