Ötmişda donişmandlar bejizga köp sayohat qilişmagan. Sayohat – inson dunyoqaraşini kengaytiradi, fikrlaşi va hayotiy tajribasini östiradi. 

Xalqining yuksak madaniyati bilan beqiyos taraqqiyotga erişgan Yaponiyadek davlatga sayohat qiliş – kişini şaxs sifatida rivojlanişida muhim qadam böla oladi. Bu Janubiy Koreyadagi özbeklar uçun nisbatan osonroq – masofa yaqin, viza oliş ehtimoli ham yuqori.

Koreya kundaligi ruknidagi navbatdagi maqolamiz orqali, öz tajribamizga asosan, bu mamlakatdan Yaponiyaga sayohat vizasini oliş haqida hikoya qilamiz.

Aytişlariça, Koreyada joylaşgan Yaponiya elçixonasi va konsullik idoralariga viza uçun murojaat qilgan özbekistonlik sayohatçilarning arizasi aksariyat hollarda qanoatlantirilar ekan. Şaxsiy tajribamizda ham buning guvohi böldik. 

Sayohat vizasini qölga kiritiş uçun 7ta asosiy talabni bajariş va 7 kun kutiş kifoya ekan.

Kerakli hujjatlar:

1. Pasport asl nusxasi

2. Viza ma'lumotnomasi

3. Fotosurat

4. Aviaçipta va mehmonxona band qilinganini tasdiqlovçi hujjat

5. Yaponiyada barça sayohat xarajatlarni qoplovçi pul mablaği körsatmasi

6. Yaponiyaga sayohat rejasi

7. Pasport va ID karta nusxasi

Har bir bosqiçga alohida töxtalib ötamiz.

Hisob raqamdagi pul aylanmasi qança bölişi kerak?

Yaponiyaga safar qilişni istaganlar özi rejalaştirgan boriş sanasidan 3 oy oldin tayyorgarlik boşlaşi foydadan xoli bölmaydi.