Bu haqda agentlik direktorining birinçi örinbosari Aziz Nabizoda ma'lum qildi.
“Varesh Airlines (Eron) va “Tadjik Eyr” aviakompaniyalariga Eronda koronavirus tarqalişi bilan boğliq vaziyat barqarorlaşmagunça 25 fevraldan parvozlarni töxtatiş buyurilgan”, deb aytgan Nabizoda.
Bungaça Tojikistondan Eronga haftasiga ikkita reys amalga oşirilgan.
Avvalroq yuqoridagi sababga köra Armaniston, Turkiya, Afğoniston, Pokiston Eron bilan çegaralarni vaqtinçalik yopişga, Turkiya, Iroq va Kuvayt aviaaloqani töxtatişga qaror qilgan.
Ayni vaqtda Eronda koronavirus bilan 61 ta kasallaniş holati qayd etilgan. Ulardan 12 tasi ölim bilan tugagan. Eron hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirganlar borligi haqida ilk bor 19 fevralda ma'lum qilgan.













