Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boşqarmasi “Olot” çegara bojxona postiga qöşni mamlakatdan yurtimizga kirib kelgan yuk avtomaşinasi örnatilgan tartibda bojxona nazoratidan ötkazildi.
Natijada, mazkur yuk avtomaşinasidagi tovarlar orasida kuzatuv hujjatlarida körsatilmagan umumiy qiymati 1 mlrd 540 mln söm bölgan 2 xil turdagi “RefronR-22” hamda “Westron R-22” yozuvli freon tovarlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan suriştiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 9 yanvardagi “Ozonni buzuvçi moddalar va tarkibida ular bölgan mahsulotlarning Özbekiston Respublikasiga importini tartibga solişni yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 17-sonli qarorining 1-ilovasiga muvofiq, “Refron R-22” hamda “Westron R-22” freonlari importi va eksporti Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oşiriladi.












