Bu haqda Times of India naşri xabar berdi.
Qat'iy çoralar Majipur, Jafarobod, Çand Bagx va Qoroial Nahorda joriy qilinadi.
Ayni vaqtda Hindistonda parlament tomonidan fuqarolik haqidagi qonunga tuzatmalar qabul qilinganiga qarşi noroziliklar bölib ötmoqda. Tuzatmalar Hindiston bilan qöşni davlatlar - Afğoniston, Pokiston va Bangladeşdan bölgan nomusulmon qoçqinlarga öz yurtlarida tahqirlaşlarga uçrayotgan bölsalar, Hindiston fuqaroligini soddalaştirilgan tartibda oliş imkonini beradi. Bu esa hindistonlik musulmonlarning noroziligiga olib kelgan. Ular uşbu tuzatmalarni dunyoviy davlatda diniy mansublik böyiça fuqarolarning kamsitilişi deb topib, ularni konstitutsiyaga zid deb hisoblaşmoqda. Şuningdek, Hindistonning şimoli-şarqiy ştatlari ham öz noroziliklarini bildirmoqdalar. Ular endi hududlarida Bangladeşdan millionlab qoçqinlar qönim topişi mumkinligidan xavotirlanişmoqda. Namoyişlar taşkilotçilarining fikriça, bu mahalliy aholi manfaatlariga xavf soladi.
Avvalroq Nyu-Dehlidagi Guru Ten Bahodur nomidagi gospital rahbari Sunil Kumar poytaxtdagi tartibsizliklarda 10 kişi halok bölgani, 150dan köproq odam jabrlanganini ma'lum qilgan. Şuningdek, Nyu-Dehli politsiyasida kamida 56 politsiyaçi yaralangani ma'lum qilingan.
Muxolifatning ta'kidlaşiça, qonunga kiritilgan tuzatmalar tahqirlovçi xarakterga ega, çunki musulmonlarni fuqarolik olişdan mahrum qiladi. Tanqidçilarning fikriça, bu vaziyatda diniy mansublik fuqarolik oliş şarti bölmasligi kerak.












