Xalqaro olimpiya qömitasi a'zosi Dik Paund 2020 yilgi Tokio Olimpiadasi ötkazilişi böyiça qaror uç oydan keyin qabul qilinişi haqida ma'lum qildi.

«May oyi oxirigaça kutiş kerak. Umid qilamizki, virus epidemiyasi ustidan nazorat qölga olinadi. Agar bunday bölib çiqmasa, Olimpiada bekor qilinişi varianti ham körib çiqiladi», — deya Paundning sözlarini keltirmoqda AP News.

Bundan avvalroq Tokio-2020 taşkiliy qömitasi Olimpiya öyinlari uçun köngillilarni tayyorlaş jarayoni keçiktirilgani haqida ma'lum qilgandi.

«Köngillilarni jamlaş ayni kunlarda amalga oşirilişi közda tutilgan edi. Ammo taşkilotçilar hali Olimpiya öyinlarini bekor qiliş masalasini körib çiqqani yöq. Bir tomondan Tokio hukumati barça ommaviy tadbirlarni bekor qilmoqda. Şu bois ham 2,7 ming kişidan iborat köngillilar uçun Olimpiya öyinlarida işlaş jarayoniga bağişlangan trening joriy yilning may oyi yoki undan keyinroqqa qoldiriladi», deyilgan Özbekiston milliy olimpiya qömitasi xabarida.

Bir neça kun muqaddam London şahri Xalqaro Olimpiya qömitasiga 2020 yilgi Olimpiya öyinlarini ötkaziş uçun alternativ nomzod sifatida körib çiqişni taklif qilingandi. Britaniya poytaxti merligiga nomzodlardan biri Şon Beyli Yaponiyada ham koronavirusdan bir neça yuz kişi zarar körgani va uning tarqalişidan taşvişda ekanini bildirgandi.

Öz navbatida Tokio meri Yuriko Koike Şon Beylining Olimpiya öyinlarini Londonga köçiriş haqidagi taklifiga tanqidiy fikr bildirgan. «Bu masaladan şahar merligi uçun kuraşda öz manfaatlari yölida foydalaniş yaxşi emas», degan u.

Britaniya poytaxti bungaça 1908, 1948 va 2012 yillarda yozgi Olimpiya öyinlarini qabul qilgan.

Koronavirus epidemiyasi 2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan şahrida tarqala boşladi. Şu vaqtgaça jahonning yana 33 mamlakatida koronavirusdan zararlaniş holati qayd etildi, bu mamlakatlarda jami 80 mingdan ortiq kişi virus yuqtirib olgan, 2700 kişi virus oqibatida halok bölgan, şu bilan birgalikda, 27 mingdan ortiq bemor soğayib ketgan.

24 fevral kuni Yaponiyada koronavirus yuqişi bilan boğliq yana 12 holat qayd etildi. Tokioda infeksiyaşunoslar va boşqa ekspertlar epidemiya munosabati bilan kompleks tadbirlar dasturini işlab çiqiş uçun yiğiliş ötkazişdi.