25 fevral kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov COVID-19 koronavirusini mamlakatga kirişining oldini olişga qaratilgan yiğiliş ötkazdi. «Xroniki Turkmenistana» xabariga köra, unda davlat rahbari xorijga çiqayotgan fuqarolarni nazorat qiliş haqida topşiriq bergan. 

Yiğilişdan keyin Aşxobod aeroportida mahalliy fuqarolarni xalqaro reyslardan tuşirib qoldiriş boşlangan. Natijada, çiptalarni qaytariş istagida bölgan yuzlab odamlardan iborat navbatlar yuzaga kelgan.

Ayni paytda «Turkmenhowayollary» aviakompaniyasi Istanbul va Anqaraga reyslarni bekor qilgan. Biroq «Turk Hava Yolları» Istanbul – Aşxobod yönalişidagi parvozlarni davom ettirmoqda va faqat xorij fuqarolariga xizmat körsatmoqda.

Aşxobod xalqaro aeroportida xorijdan kelgan yölovçilarni şifokorlar kutib olmoqda va maxsus uskunalar yordamida haroratini ölçamoqda. Bundan taşqari, dezinfektorlar, FVV va tez yordam maşinalari navbatçiligi taşkil qilingan. 

Avvalroq Turkmaniston koronavirus tarqalişining oldini oliş maqsadida qöşni Eron bilan çegarani yopgan edi. 

Qayd qiliş joizki, Turkmaniston hukumati xabariga köra, mamlakatda COVID-19 bilan xastalangan bemorlar yöq.