"Biz toliblar bilan kelişuvga juda yaqinmiz. Ikki kun zöravonliklarsiz yoki deyarli zöravonliklarsiz ötdi", - dedi Tramp Hindistonga taşrifi yakunlari böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida.

Amerika prezidenti hattoki AQŞda uni tinmay tanqid qiladiganlar ham toliblar bilan kelişuvga erişişni istaşlarini qayd etdi.

"Biz Afğonistonda 19 yil böldik... va odamlar u yerdagi harbiylarimiz sonini 8600 kişigaça qisqartirişga harakat qilayotganimizni körişdan xursand", - dedi Tramp.

Avvalroq AQŞ davlat departamenti Qöşma Ştatlar 29 fevral kuni “Tolibon” harakati bilan kelişuv imzolaşga tayyorlanayotganini ma'lum qilgandi. 

“Tolibon”ning Dohadagi rasmiy vakili Suhayl Şaxin ham kelişuv 29 fevralda Dohada imzolanişini ma'lum qilgandi.