26 fevral kuni Urganç şahrida «Agrosanoat kooperatsiyasi, sanoat va turizm sohasida mintaqaviy biznes hamkorligi» mavzuidagi Özbekiston va Qozoğiston örtasidagi ikkinçi mintaqalararo hamkorlik forumi yakunlandi.

Uşbu forum doirasida, Özbekiston Boş vaziri Abdulla Aripov va uning qozoğistonlik hamkasbi Askar Mamin iştirokida «Özavtosanoat» AJ va «Allyur kompaniyalar guruhi» AJ örtasida Qozoğistonda özbek-qozoq qöşma korxonasini taşkil qiliş töğrisidagi kelişuv imzolandi. Uşbu korxona muassislari Özbekiston tomonidan «Avtosanoat Invest» MÇJ va Qozoğiston tomonidan «SariarkaAvtoProm» MÇŞ böldi.
Qöşma korxonaning taşkil etilişi «UzAuto Motors» AJning Qozoğistondagi distribyutorlik tarmoğini kengaytiriş, Qozoğistonda sotiladigan avtomobillar tannarxini pasaytiriş, şuningdek mahsulot sotilişida qöşiça moliya-suğurta vositalarini qöllaş imkonini beradi.

Kelişuv doirasida yetkazib beriş aynan şu qöşma kompaniya orqali amalga oşiriluvçi Rossiya, Qozoğiston va boşqa davlatlar eksport bozorlarini rivojlantiriş rejasi tuzildi. Umuman yaqin vaqt içida eksport bozorlari joylaşgan hududlarda kompaniya tomonidan yagona tarmoqqa böysunuvçi 100 dan ortiq dilerlik markazlari oçiş möljallangan.

Bundan taşqari, anjuman davomida «Özavtosanoat» iştirokçilarga xaridorlarga taklif etilayotgan avtomobillarning töliq qatorini taqdim etdi. «Uz Truck & Bus Motors», «SamAvto», «UZAUTO Trailer» va «UzAuto Motors» kompaniyalari tomonidan işlab çiqarilayotgan yuk va maxsus texnika, avtobuslar va yuk maşinalari namoyiş etildi.



UzAuto Motors kompaniyasi Matbuot xizmati












