Bi-bi-si yuzaga kelgan vaziyat Anqara va Moskva örtasidagi keng kölamli mojaroga olib kelişi ehtimolini körib çiqqan.
Nima bölmoqda?
Prezident Başar Asad boşqaruvidagi Suriya armiyasi ötgan yil dekabrida Eron ta'siridagi kuçlar bilan birgalikda mamlakat şimoli-ğarbidagi Idlib viloyatiga yuriş boşlagan. Bu Turkiyaning jiddiy xavotirlariga sabab bölgan.
Birinçidan, Idlib Turkiya uçun strategik jihatdan muhim hudud hisoblanadi. Anqara bu hududni öz ta'siri ostida bölişi kerak deb hisoblaydi. 2017 yildagi Soçi kelişuviga köra, Idlibda harbiylardan xoli zona taşkil etilişi, bu kelişuvga rioya etilişi oğir texnikalar bilan jihozlangan turklarning harbiy postlari nazorat qilişi kerak edi.

Yanvar oyi oxiri va fevral oyi boşida Suriya armiyasining Idlibda qaytarib oliş uçun olib borgan harbiy harakatlari vaqtida turkiyalik harbiylar halok bölişdi. Agar endi Anqara Idlibdagi pozitsiyalarini boy bersa, öz uyida Erdöğanning reputatsiyasiga jiddiy zarar yetadi.

Ikkinçidan, Idlib ustiga yuriş davomida Asad kuçlari nafaqat terrorçilarga, balki Turkiya tomonidan qöllab-quvvatlanadigan muxolifatçilarga ham zarba bermoqda.
Turkiyalik harbiy mutaxassislar tomonidan öqitilgan va Turkiya tomonidan qurollantirilgan bölinmalar «Milliy armiya»ga birlaşgan (avval ular «Ozod Suriya armiyasi» edi). Anqara «Milliy armiya» bilan ittifoqdan voz keçolmaydi, ular Turkiyaga kurd otryadlari va radikal kuçlarga qarşi kuraşda yordam berib kelmoqda.
Sönggi ma'lumotlarga köra, sönggi kunlarda Suriyada 14 nafar turkiyalik harbiy halok bölgan. Erdöğan agar Idlibda yana bir turk askari jabrlansa, Anqara Suriya kuçlariga «har qayoqda» javob zarbalari berişini ma'lum qilgan.
Turkiya prezidenti hatto ultimatum qöygan: fevral oyi oxirigaça Rossiya tomonidan qöllanayotgan Asad kuçlari Idlibdan çekinişi va turklarning postlari atrofidan ketişi kerak.

















