Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Fanlar akademiyasining yuridik şaxs maqomiga ega bölgan ilmiy-tadqiqot taşkiloti şaklidagi Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universiteti huzuridagi Nazariy fizika institutini taşkil etiş töğrisidagi taklifiga rozilik beriladi.

Quyidagilar institutning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

  • nazariy fizika sohasining dolzarb muammolari ilmiy yeçimiga qaratilgan hamda uning istiqbolli yönalişlari böyiça ilmiy-tadqiqot işlarini, jumladan fundamental, amaliy va innovatsion hamda xalqaro qöşma loyihalarni amalga oşirişda iştirok etiş;
  • nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, noçiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, noçiziqli fizika, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlarining muammolari böyiça ilmiy anjumanlar va qöşma seminarlar taşkil etiş;
  • yoş olimlar uçun nazariy fizikaning kvant maydon nazariyasi, subatom fizikasi, noçiziqli fizika, gravitatsion maydon nazariyasi, noçiziqli fizika, kvant tarmoqlar va dinamik tizimlari böyiça ilmiy-öquv materiallarini naşrga tayyorlaş;
  • fizika sohasida professor-öqituvçilar, talabalar, doktorantlarning ilmiy tadqiqotlarda birgalikdagi iştirokining turli şakllari asosida oliy ta’lim muassasalarida ilmiy, ilmiy-texnik va öquv faoliyati bilan integratsiyasini amalga oşiriş;
  • respublika oliy ta’lim muassasalaridagi iqtidorli talabalar va magistrantlarni ilmiy faoliyatga jalb etiş orqali yuqori salohiyatli yoş nazariyotçi fiziklarni tayyorlaşda oliy ta’lim muassasalariga hamkorlik qiliş;
  • xalqaro ilmiy hamkorliklarni rivojlantiriş, rivojlangan mamlakatlarning nazariy fizika markazlari va uşbu sohadagi eng ilğor va istiqbolli tadqiqotlarning xalqaro tarmoği bilan aloqalarni ta’minlaş hamda ilmiy tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari böyiça xalqaro anjumanlarni taşkil etiş;
  • fizika sohasida rivojlangan mamlakatlarda olib borilayotgan tadqiqotlarning ustuvor yönalişlari va istiqbollari töğrisida tahliliy ma’lumotlar tayyorlaş;
  • ilmiy-tadqiqot loyihalari va dasturlarini işlab çiqiş uçun şartnoma asosida davlat organlari mutaxassislari, ilmiy taşkilotlar xodimlari, oliy ta’lim muassasalarining olimlari va öqituvçilarini, şu jumladan xalqaro va xorijiy mutaxassislarni jalb qiliş;
  • fizika sohasida tadqiqotlar kölamini kengaytiriş va nufuzli xalqaro ma’lumotlar bazalaridagi jurnallarda nazariy fizika böyiça naşrlar sonini köpaytiriş hamda fizika sohasidagi ilmiy jurnallarni bosqiçma-bosqiç xalqaro ilmiy va texnik ma’lumotlar bazalariga kiritişga kömaklaşiş.

Institut yuridik şaxs maqomiga ega bölgan ilmiy-tadqiqot taşkiloti hisoblanadi.

Institut faoliyatini moliyalaştiriş manbalari etib quyidagilar belgilanadi:

  • bino va inşootlarni saqlaş, şuningdek, institut xodimlari (ilmiy xodimlari) mehnatiga haq tölaş böyiça xarajatlarni moliyalaştiriş uçun ajratiladigan davlat budjeti mablağlari;
  • xalqaro moliya institutlari va boşqa xorijiy taşkilotlarning grantlari;
  • Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining budjetdan taşqari mablağlari;
  • xöjalik faoliyatidan hamda şartnoma asosida tadqiqotlar ötkazişdan tuşadigan tuşumlar;
  • qonunçilik hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar.

Institutga quyidagi huquqlar beriladi:

  • boşqa ilmiy taşkilotlar, jamğarmalar, öquv muassasalari, şu jumladan, xalqaro va xorijiy taşkilotlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar ötkaziş uçun şartnomalar tuziş;
  • ilmiy tadqiqotlar sohasida zarur axborotlarni, statistik, tahliliy va boşqa ma’lumotlarni davlat organlari va taşkilotlaridan söraş va bepul oliş.

Institutni universitetning Toşkent şahri, Olmazor tumani, Talabalar şaharçasida joylaşgan Fizika fakulteti binosiga bepul foydalaniş huquqi asosida joylaştiriladi.