Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp e'lon qildi. 

“Bugun boşlanadi, degan öydaman. Biz darhol buni boşlaymiz”, deb javob qilgan Tramp Oq uyda jurnalistning bu haqidagi savoliga.

AQŞ va “Tolibon” 29 fevralda Qatar poytaxtida tinçlik kelişuvi imzoladi. Kelişuv AQŞ qöşinlarining Afğonistondan olib çiqilişi va Afğonistondagi tomonlar örtasida muloqot boşlanişini nazarda tutadi.

Hujjatning imzolanişi marosimida 30dan köproq davlat vakillari iştirok etdi.

Kelişuv AQŞga Afğonistondagi qöşinlarini 135 kun davomida 12 ming kişidan 8,6 ming kişigaça qisqartirişni taklif qiladi. Şundan keyin agar “Tolibon” zöravonlikdan tiyilsa, AQŞ 14 oy davomida mamlakatdan özining va NATOning kuçlarini olib çiqişni davom ettiradi. “Tolibon” buning evaziga Afğoniston hududidan AQŞ va boşqa davlatlarga hujum qiliş uçun foydalanmaydi.