Avstriya içki işlar vaziri Karl Nexammer hukumat migrantlar oqimini töxtatib turiş uçun Gretsiyaga çegara politsiyasini jönatişni rejalaştirayotganini ma'lum qildi.  

"E'tiborimizni taşqi çegaralarimizdagi odamlarni töxtatişga qaratişimiz şart", - dedi Nexammer OE24 telekanaliga.

Uning sözlariga köra, Gretsiya xavfsizlik xizmatiga "har qanday - kadrlar, moddiy va moliyaviy yordam" zarur.  

Turkiya Suriyaning Idlibida vaziyat keskinlaşganidan söng migrantlar va qoçqinlar oqimini töxtatib tura olmasligini bildirdi va YeI bilan çegaralarini oçib yubordi. Şundan keyin minglab migrantlar Gretsiya çegarasiga yetib keldi. Uç kun içida çegarani noqonuniy kesib ötişga bölgan 20 mingga yaqin urinişning oldi olindi.