Soğliqni saqlaş vazirligi umumta'lim muassasalarida sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarşi çoralar kuçaytirilişi haqida ma'lum qildi.

«Soğliqni saqlaş vazirligi mamlakatimiz hududiga koronavirus infeksiyasini kirib kelişini oldini oliş maqsadida qator vazirlik, qömita va agentliklar bilan hamkorlik qilib, uşbu muassasalar tasarrufidagi idora xodimlarini dunyodagi bugungi qaltis epidemik vaziyatdan ogoh etib, profilaktik tadbirlarni kuçaytiriş, şaxsiy gigiyenaga qat'iy rioya qilişga çaqirmoqda. Kuni keça vazirlik yurtimizdagi mavjud 9950ga yaqin  umumta'lim muassasasida tegişli sanitariya çoralarni amalga oşiriş orqali xodimlar va öquvçilarning salomatligini muhofaza qiliş maqsadida Xalq ta'limi vazirligi bilan qöşma qaror qabul qildi.  

Unga köra, yurtimizdagi barça ta'lim muassasalarida profilaktika çoralari va nazoratini kuçaytiriş, uşbu masalada ogohlikni oşiriş, öqituvçi va öquvçilarni şaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinişi, mas'ullar iştirokida ertalabki filtrni taşkil etiş, maktabga kelmagan xodim va öquvçilarning ahvolidan xabar oliş, ötkir respirator kasallik belgilari aniqlangan öquvçilarni zudlik bilan ota-onasi va hududiy oilaviy poliklinikaga xabar beriş kabi qator vazifalar aniq belgilab berildi. 

Şuningdek, uşbu hujjatda dunyodagi epidemik vaziyat barqarorlaşgunga qadar xalqaro va ommaviy tadbirlar hamda sport musobaqalarini zarurat bölmasa ötkazmaslik, ayniqsa, çet el fuqarolari va xorij davlatlarida bölib kelganlarning ta'lim muassasalariga işga, ularning farzandlarini esa vaqtinça karantin davrida örta maktabga qabul qilmaslik çoralarini qat'iy köriş bilan boğliq vazifalar ham aks etgan. 

Şu bilan birga, Soğliqni saqlaş vazirligi tomonidan işlab çiqilgan tavsiyalar, jumladan, ta'lim muassasalarida tozalik va dezinfeksiya tadbirlarini kuçaytiriş, öquvçilarning qöllarini tez-tez sovun bilan yuviş, aksa urganda albatta kaft bilan yopiş va boşqa gigiyena qoidalari böyiça tuşuntiriş işlarini olib boriş, har tanaffus vaqtida sinfxonalarni şamollatiş, muassasalarda kundalik tozalov işlarida dezinfeksiya vositalaridan doimiy foydalaniş  çoralarini köriş kabi profilaktik tadbirlarni qat'iy amalga oşiriş körsatib ötildi.

Umumta'lim muassasalarida sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarşi va dezinfeksiya tadbirlarini bajarilişi böyiça har bir ta'lim muassasaning rahbari şaxsan javobgar ekanligi töğrisida ogohlantirildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi jahonda koronavirus bilan boğliq epidemiya sur'ati har soatda tez ösib borayotganligini hisobga olib, mamlakatimiz bilan Xitoy Xalq Respublikasi, Janubiy Koreya, Yaponiya, Italiya, Afğoniston kabi qator davlatlarga parvozlar çeklanib, vaqtinça töxtatilganligi ayni muddao böldi, deb hisoblaydi», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi