Kun.uz saytida Kattaqörğon şahrida tadbirkorning dökoni buzilib, yillar davomida u mahalliy hokimlikdan kompensatsiya pulini ololmay kelayotgani haqida maqola e'lon qilingan edi.
Uşbu holat yuzasidan Kattaqörğon şahar hokimiyati matbuot xizmati munosabat bildirdi.
«Kun.uz saytida «Yöldoş boboning dökoni qarorsiz buzilganmidi? Yoxud hokimlikning «qoş-qovoğiga qaramagan» adliya bölimi» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Unda Kattaqörğon şahrida yaşovçi fuqaro Yöldoş Boboyevning dökoni buzilib, kompensatsiya pulini ololmay kelayotgani aytilgan. Şuni ma'lum qilamizki, Kattaqörğon şahar hokimining 2020 yil 2 martda 41-f raqamli farmoyişi qabul qilindi va unga asosan Y.Boboyevning 35 mln 732 ming 635 söm miqdoridagi tovon puli tölab beriladigan böldi», — deya munosabat bildirmoqda şahar hokimligi matbuot xizmati.
Eslatib ötamiz, şahar adliya bölimi Yöldoş Boboyevning manfaatini közlab, 2019 yilning 3 dekabrida fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudiga da'vo arizasi kiritgan va masala fuqaro foydasiga hal bölgan. Hokimlik e'tiroznoma kiritgaç, joriy yilning 30 yanvar kuni fuqarolik işlari böyiça Samarqand viloyat sudida tadbirkorning uzoq çözilgan kompensatsiya masalasi qayta körilib, tumanlararo sudning hal qiluv qarori özgarişsiz qoldirilgandi.
MIB Samarqand viloyat axborot xizmatining tahririyatimizga ma'lum qilişiça, Byuroning Kattaqörğon şahar bölimi şahar hokimligi farmoyişiga köra ajratilgan 35 mln 732 ming 635 söm miqdoridagi tovon pulini undirib, Yöldoş Boboyevning plastik kartoçkasiga taşlab bergan.


















