Oçiği, qaysidir davlat taşkiloti özi taşabbus körsatib, fuqaro manfaatlarini himoya qilişiga, hokimlikdan haqini ajratib berişiga hozirça könikkanimiz yöq. Ammo bu odatiy holga aylansagina biz oldinga qadam taşlagan bölamiz.
Masalan, yaqinda Kun.uz saytiga Kattaqörğon şahridan Yöldoş Boboyev murojaat qildi. Uning aytişiça, 2013 yilda nomida bölgan ikkita savdo dökoni hamda bitta dorixonasi şahar hokimligi tomonidan buzilgan. Ammo kompensatsiya pulini hadeganda ololmagaç, 2019 yilga kelib şahar adliya bölimiga murojaat qilgan. Fuqaroning undan keyingi manfaatlari uçun Kattaqörğon şahar adliya bölimidagilar kuraşgan. Şu örinda e'tirof etiş joizki, ayrim mahalliy adliya bölimlari hokimliklarning «qoş-qovoğiga qaramay» harakat qilayotgani quvonarli.
2019 yilning 16 oktyabrida Kattaqörğon şahar adliya bölimi fuqaro Y.Boboyevning qonuniy manfaatlarini közlab şahar hokimligiga nisbatan fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudiga murojaat qiladi. Buni qarangki, tuman sudi ham adliya bölimining da'vo arizasini qanoatlantirib, fuqaro foydasiga şahar hokimligidan 35 732 635 söm yetkazilgan zararni undirişni közda tutuvçi qaror qabul qiladi.
Ammo şahar hokimligi bu safar ham tovon pulini tölab berişni istamaydi. Masala şu tariqa fuqarolik işlari böyiça Samarqand viloyat sudiga qadar yetib keladi.
Biz Kattaqörğon şahar hokimligi huquqşunosi Anvar Şodiyev bilan suhbatlaşib, Y.Boboyev masalasida izoh oldik.

«Fuqarolik işlari böyiça Kattaqörğon tumanlararo sudining 2019 yil 3 dekabrdagi hal qiluv qarorida ayrim masalalarga e'tibor qaratilmagani uçun viloyat sudiga kassatsiya tartibida e'tiroznoma kiritdik. Jumladan, «savdo dökonlari şahar hokimligining qarori bilan buzilgan», deyilgan. Vaholanki, bunday qarorning özi yöq (!). Qolaversa, dökonlarning narxlanişida ham nomutanosiblik mavjud. Şunday bölişiga qaramay, hokimlik tomonidan Y.Boboyevga dökoni örniga yer ajratib berilgan. Fuqaroning bu bilan qanoat qilmasdan, yana tovon puli talab qilayotganini örinsiz deb hisoblaymiz»,– deya vaziyatni izohladi A.Şodiyev.


















