Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov bir guruh amaldorlarga boğça hududida turib qandaydir binoni buziş böyiça topşiriq bergani aks etgan videolavha tarqaldi. Unda hokim özi nazarda tutayotgan binolarni hatto içidagi odami bilan kömib taşlaşni buyurgan.
“Boğça hududiga kirganlarning hammasining huquqiy hujjatlarini kötarasan. Yöğini heç kimni eşitmasdan buzasan, Mömin (Buxoro şahri hokimi örinbosari Mömin Amonov – tahririyat). Sud-pud demasdan, bugunning özida buzib taşlaysan. Narsasi, içidagi odami bilan kömib taşlaysan. Böldi endi, sud-pud deb, hammasini erkalatganimiz. Orqadan eşik oçganning hujjatini körasan”, – degan Botir Zaripov.
Şuningdek, viloyat hokimi IIB boşliğiga agar qoniqarli işlamasa, “tinçroq tumanga jönatib yuborişi”ni aytgan.
“Örtoq naçalnik, siz “yest”dan oldin... Keçayam viloyat hokimi kelyapti, men kuzatdim, bemalolroq bölgansizlar butunlay şaharda. Bugun ham bu yerda ahvol haminqadar. Yo bu jinoyatçilikka omil böluvçi holatlarning oldini oling, yo bölmasa sizni tinçroq tumanga jönatay. “Ujye” men topşiriq berdim. Tuşundingizmi? Özgariş qiling”, degan hokim.
Botir Zaripov şu yerning özida bu masalaga javob beradigan şahar hokimi örinbosariga intizomiy jazo qöllaşini bildirgan. “Agar şahar böyiça ijtimoiy soha obektlari men aytgan nuqtayi nazardan tanqidiy körib tuzatilmasa, u kişiga javob beriladi. Bu şahar hokimining hamma örinbosarlariga “urok” bölsin”, degan Botir Zaripov.
Holat qaçon va Buxoro şahridagi qaysi boğça hududida bölgani ma’lum emas. Hokimlik hozirça holat böyiça munosabat bildirmadi.
Kun.uz holatga oydinlik kiritiş maqsadida Buxoro viloyati hokimligi matbuot xizmati rahbari hamda Botir Zaripov videolavhada buziş böyiça topşiriq bergan Buxoro şahar hokimi örinbosari Mömin Amonov bilan boğlanişga urindi. Biroq buning imkoni bölmadi.
Buxoro şahar hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Feruz Hamroyev Kun.uz söroviga javoban viloyat hokimi boğça hududidan taşqarida joylaşgan, dökon omborxonasiga öxşaş binoni buzişga topşiriq berganini ma’lum qildi.
U Kun.uz jurnalistining: “Hokim videolavhada içidagi odami bilan kömib taşla deya buyurgan, şunda omborxona nazarda tutilganmi?” degan savolini javobsiz qoldirdi.

















