2017–2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantiriş yili”da amalga oşirişga oid davlat dasturi tasdiqlandi.
Yil davomida tegişli amaliy çora-tadbirlar işlab çiqiladi. Bunda:
yetakçi xorijiy davlatlarning qöşinlari, şuningdek, oliy harbiy ta'lim muassasalari va tadqiqot markazlari bilan birgalikda harbiy xizmatçilarni öqitiş va malakasini oşirişni taşkil etiş;
Özbekiston Respublikasi Qurolli Kuçlarining jangovar-xizmat faoliyatida xorijiy mamlakat qöşinlarining ilğor tajribasini çuqur örganiş va keng tatbiq etiş;
Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining xorijiy davlatlarning Milliy gvardiya va boşqa tegişli idoralari bilan hamkorligini örnatiş, şu jumladan Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qozoğiston Respublikasi Içki işlar vazirligi örtasida hamkorlik bitimini imzolaş;
Pokiston hukumati va mudofaa vazirligi bilan harbiy hamkorlik va harbiy razvedka sohasida özaro anglaşuv memorandumlarini, Tojikiston mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlikni yölga qöyiş böyiça anglaşuv memorandumini va Qozoğiston mudofaa vazirligi bilan harbiy razvedka sohasida hamkorlik bitimini imzolaş;
Qurolli Kuçlar Akademiyasida xalqaro konferensiyalarni ötkaziş;
Qurolli Kuçlar Akademiyasi professor-öqituvçilari tomonidan xorijiy mamlakatlarning Oliy harbiy bilim yurtlarida ma'ruzalar öqiş;
Markaziy Osiyo mamlakatlari harbiy xizmatçilarining Qurolli Kuçlar Akademiyasida tahsil olişini yölga qöyiş böyiça çora-tadbirlarni amalga oşiriş nazarda tutiladi.












