Voqea Bulunğur tumanida sodir bölgan. YPX xodimi 27 yoşli I.Z. boşqaruvidagi «Damas»ni töxtatadi. Haydovçi töxtaş işorasiga böysunmaydi. YPX xodimi uni quvib yetib, töxtatganida haydovçining suğurta polisi yöqligi ma'lum böladi.
Bunday qoidabuzarlik jarimadan taşqari, avtomaşinaning jarima maydonçasiga vaqtinçalik joylaştirilişi bilan ham jazolanadi. Biroq, haydovçi I.Z. avval Samarqand viloyat IIB YHXB bölinmalari YPX bataloni inspektori Z.E.ning töxtaş haqidagi işorasiga böysunmasdan, söngra u baribir töxtatilgaç, unga suğurta polisi yöqligi sababli ma'muriy huquqbuzarlik sodir etgani tuşuntirilganiga qaramasdan, evakuator çaqirib avtomaşinani jarima maydonçasiga joylaştiriş böyiça qilingan xatti-harakatlariga monelik qiladi.
Iş faqat evakuatorga monelik qiliş bilan tugamagan. Haydovçi YPX inspektorining ma'muriy bayonnoma rasmiylaştirişiga ham qarşilik körsatib, uni haqorat qiladi, söngra yuz qismiga urib, Z.E.ning xizmat burçini bajarişi munosabati bilan şa'ni va qadr-qimmatini beodoblik bilan qasddan tahqirlaydi va unga yengil, soğliğini buzilişiga sabab bölgan şikast yetkazadi.
Natijada inspektor xizmat vazifasini bajarişdan voz keçişiga majbur böladi.
I.Z.ning mazkur xatti-harakatlari yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi 3-qismi «a» bandi va 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi oçilib, iş sudga oşirilgan.
27 fevral kuni jinoyat işlari böyiça Urgut tuman sudining sudyasi A.Ahmadov raisligida ötgan oçiq sayyor sud majlisida sudlanuvçi, jabrlanuvçi va guvohlarning körsatuvlarini tinglandi, jinoyat işi hujjatlarini örganib çiqildi hamda işda mavjud bölgan dalillarga baho berildi.
Sud hukmiga köra, I.Z. Jinoyat kodeksining yuqorida keltirilgan ikki moddasi bilan aybli, deb topildi va unga jazolarini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaşlik uçun iş haqining 20 foizi miqdorini davlat daromadi hisobiga uşlab qolgan holda 2 yil-u 6 oy muddatga axloq tuzatiş işlari jazosi tayinlandi.












