Tojikiston fuqarolik aviatsiyasi agentligi mahalliy va xorijiy aviakompaniyalarga öz samolyotlari bortiga 35 ta davlat fuqarolarini olmaslik haqida telegramma jönatdi. Şunday telegramma turkompaniyalarga ham yöllangan. 

Asia-Plus naşrining xabar berişiça, bu ogohlantiriş koronavirus tarqalişi oldini oliş va mamlakat fuqarolari salomatligi va xavfsizligini ta'minlaş bilan asoslangan.

Tojikistonga fuqarolari vaqtinça kirişi taqiqlangan davlatlar röyxatiga Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, Vetnam, Singapur, Avstraliya, Malayziya, Kamboja, Filippin, Tailand, Nepal, Şri-Lanka, Hindiston, Finlyandiya, Italiya, Britaniya, Ispaniya, Şvetsiya, Belgiya, Isroil, Avstriya, Xorvatiya, Şveytsariya, AQŞ, Kanada, BAA, Misr, Eron, Livan, Kuvayt, Bahrayn, Ummon, Afğoniston, Iroq va Jazoir kiritilgan.

Bundan taşqari, agentlik bu davlatlarning Tojikistonga töğridan-töğri yoki tranzit reys bilan kelmoqçi bölgan fuqarolariga aviaçiptalar sotişni töxtatişga çaqirgan. 

“Bu davlatlar fuqarolariga aviaçipta sotilib, ular Tojikistondagi aeroportlarga kelgan bölsa, ular şu reyslarning özi bilan ortga qaytarilib yuboriladi”, deyilgan xabarda.

Şuningdek, Tojikistonning şu davlatlardan kelgan fuqarolari karantinga joylanadi.

Ayni vaqtda Tojikistonga uçuvçi barça reyslar yölovçilari teplovizor yordamida isitma borligiga tekşirilmoqda.