Prezidentning “Tashkent International University of Education nodavlat oliy ta'lim muassasasini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Xalq ta'limi va Oliy va örta maxsus ta'lim vazirliklari hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining Toşkent şahrida Tashkent International University of Education xalqaro universitetini nodavlat oliy ta'lim muassasasi şaklida taşkil etilişi töğrisidagi taklifiga rozilik berilişi mumkin.

Oliy ta'lim sifatiga qöyiladigan umumiy e'tirof etilgan xalqaro talablarga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlari uçun talab yuqori bölgan mutaxassisliklarning bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça yuqori malakali mutaxassislar hamda ta'lim tizimi uçun zamonaviy pedagog va boşqaruv kadrlarni tayyorlaş va qayta tayyorlaş Universitetning asosiy vazifalari deb hisoblanadi.

Universitetni ta'sis etişda Xalq ta'limi vazirligi investitsiya va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qiliş şarti bilan potensial investorlar bilan töğridan-töğri muzokaralar olib boriş va tizimdagi foydalanmayotgan binolarni ajratiş böyiça Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritadi.

Bunda, potensial investorga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi:

öz mablağlari hisobidan Universitetning faoliyatini moliyalaştiriş, obektlarni rekonstruksiya qiliş, kapital ta'mirlaş, jihozlaş va foydalanişga topşiriş, şuningdek, ularga tegişli hududni obodonlaştiriş;

Universitetga berilayotgan obektda ta'lim xizmatlari körsatiş yuzasidan faoliyatni amalga oşiriş;  

Universitet tomonidan belgilangan kvota doirasida Xalq ta'limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi buyurtmasiga köra The Times Higher Education World University Rankings reytingidagi dunyoning 1000talikka kiruvçi xorijiy oliy ta'lim muassasalari dasturlari asosida imtiyozli grantlar ajratiş yöli bilan tegişli yönalişlar böyiça mutaxassislarni tayyorlaş va qayta tayyorlaşni amalga oşiradi.

Belgilab qöyilişiça:

Universitet mas'uliyati çeklangan jamiyat şaklidagi nodavlat oliy ta'lim taşkiloti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, öz mustaqil balansiga ega böladi, öz ixtiyoridagi mablağlar va mol-mulk bilan öz majburiyatlari böyiça javob beradi;

Universitetga öquv-metodik rahbarlikni ta'minlaş, faoliyati va öquv jarayonini taşkil etiş va yuritiş, öquv adabiyotlari bilan ta'minlaş, şuningdek abituriyentlarni öqişga qabul imtihonlarini ötkaziş va çet ellik yuqori malakali mutaxassislarni yollaş uçun xorijiy hamkor sifatida The Times Higher Education World University Rankings reytingidagi dunyoning 1000talikka kiruvçi xorijiy oliy ta'lim muassasalarini belgilaş va universitet bazasida ularning filiallarini oçiş huquqi beriladi;

Universitetda öqitiş Özbekiston davlat ta'lim standartlari talablarini inobatga olgan holda, Universitet va uning xorijiy hamkori tomonidan tasdiqlanadigan öquv rejalari va dasturlariga muvofiq tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi;

Universitetda kadrlar tayyorlaş kunduzgi, sirtqi, keçki va maxsus sirtqi yönalişlari böyiça amalga oşiriladi;

Universitet bakalavr va magistratura bitiruvçilariga uning xorijiy hamkor universitetlarining Özbekistonda oliy ta'lim töğrisidagi hujjati sifatida tan olinadigan xalqaro darajadagi diplom beriladi;

bakalavriat ta'lim yönalişlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul kvotalari Universitet tomonidan xorijiy hamkorlar bilan kelişilgan holda belgilanadi;

Universitetning magistratura ta'lim bosqiçi bitiruvçilari Xalq ta'limi vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi rahbarlari nomenklaturasiga kiritiladi;

Universitetning magistratura dasturida öqişni muvaffaqiyatli tamomlagan va xalq ta'limi tizimida mehnat faoliyatini amalga oşirayotgan şaxslar uçun 5 yil muddatga oylik iş haqining 50 foiz bölgan miqdorida ustama belgilanadi (boşqa belgilangan qöşimça tölovlar va nafaqalardan qat'iy nazar);

Umumta'lim muassasalarida faoliyatini boşlagan Universitetning bakalavr bosqiçi bitiruvçilariga töğridan-töğri ikkinçi malaka toifasi, magistratura bitiruvçilariga birinçi malaka toifasi beriladi.

Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi Universitetning ta'sis hujjatlarini işlab çiqilişida va ularni belgilangan tartibda davlat röyxatidan ötkazilişida kömaklaşadi.

2023 yil 30 dekabrga qadar:

Universitet barça turdagi soliqlar tölaşdan;

Universitet Özbekistondagi faoliyatidan ham doimiy muassasa orqali, ham tölov manbaidan olingan daromadlar böyiça yuridik şaxslardan olinadigan foyda soliğidan;

Universitetni jihozlaş va faoliyatini taşkil etiş uçun belgilangan tartibda şakllantiriladigan röyxatlar böyiça potensial investor tomonidan olib kelinadigan, Özbekistonda işlab çiqarilmaydigan uskunalar (şu jumladan, laboratoriya uskunalari), kompyuter texnikasi, multimedia mahsulotlari, tibbiyot trenajyorlari, adabiyotlar, quriliş materiallari va inventarlar bojxona tölovlaridan (bojxona rasmiylaştiruvi yiğimlaridan taşqari) ozod qilinadi.

Taşqi işlar vazirligi mazkur qarorni amalga oşiriş doirasida jalb etilayotgan xorijiy professor-öqituvçilar va ma'muriy xodimlarga, şuningdek, ularning oila a'zolariga konsullik va boşqa yiğimlar undirmasdan kiriş vizalari belgilangan tartibda rasmiylaştirilişini ta'minlaydi.

Içki işlar vazirligi xorijiy professor-öqituvçilar va ma'muriy xodimlarga, şuningdek, ularning oila a'zolariga davlat boji undirmasdan köp martalik vizalar berilişi va muddati uzaytirilişini hamda Özbekistonda yaşaş joyida vaqtinça propiska qilinişini belgilangan tartibda ta'minlaydi.