Prezidentning 26-avgustdagi «Jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida professional kadrlarni tayyorlaş tizimini yanada takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi PQ–302-son qarori qabul qilindi.
Qaror bilan içki işlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, yöl harakati xavfsizligi, jamoat tartibini saqlaş va qöriqlaş faoliyati yönalişlarida professional kadrlarni tayyorlaş tizimi takomillaştiriladi.
2026-2027 öquv yilidan Jamoat xavfsizligi universitetining bakalavriat kunduzgi taʼlim şakli böyiça yillik qabul kvotasi 600 nafar kursantgaça oşiriladi.
Masofaviy taʼlim şaklida esa yiliga 300 nafargaça tinglovçini qabul qiliş belgilangan.
Uşbu qabul kvotalarining törtdan uç qismi Içki işlar vazirligi tizimi uçun jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida kadrlar tayyorlaşga yönaltiriladi.
Içki işlar vazirligi tizimi uçun kadrlar tayyorlaşda qabul kvotalari va mutaxassisliklar böyiça örinlar taqsimoti içki işlar organlarining ehtiyojidan kelib çiqib belgilanadi. Bunda taqsimot Prezident administratsiyasining Jamoat xavfsizligi va qonun ustuvorligi böyiça departamenti bilan kelişiladi.
Yurisprudensiya böyiça kadrlar tayyorlanadi
Qarorga muvofiq, universitetda içki işlar organlari va Milliy gvardiyaning jamoat xavfsizligini taʼminlaş yönalişlari uçun yurisprudensiya sohasida oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlaş ham yölga qöyiladi.
Bakalavriatning kunduzgi taʼlim şaklida «Yurisprudensiya» yönalişi doirasida «Huquqbuzarliklar profilaktikasi faoliyati», «Jamoat tartibini saqlaş faoliyati», «Yöl harakati xavfsizligi faoliyati» va «Qöriqlaş faoliyati» böyiça kadrlar tayyorlanadi.
Masofaviy taʼlim şaklida esa «Yurisprudensiya» yönalişining «Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlaş» yönalişi böyiça öqitiş taşkil etiladi.
Kamida beş yillik stajga ega xodimlar magistraturada öqiydi
Içki işlar organlari va Milliy gvardiya tizimida jamoat xavfsizligini taʼminlaş sohasida kamida beş yillik amaliy xizmat stajiga ega xodimlar hamda harbiy xizmatçilar uçun alohida magistratura mutaxassisligi belgilanmoqda.
Ularni magistratura bosqiçida öqitiş «Jamoat xavfsizligini taʼminlaş faoliyatini taşkil etiş» mutaxassisligi böyiça amalga oşiriladi.












