Bunday epizodlar köp, ammo ularning har birini muxlislar eslab qolişgan. «Barselona» va «Real» jamoalari örtasidagi öyinda mana şunday voqea sodir böldi.

Klasiko taqdirini hal qilgan Vinisius Juniorning goli Toni Kroos tomonidan tayyorlandi. Yöq, bu Kroosning ajoyib uzatmasi hurmatiga qilingan navbatçi xuşomad emas, nemis çinakamiga golni tayyorladi! Toni öyin davom etayotgan vaqtda pauza uşlab (!) gol urgan futbolçiga qanday harakat qiliş kerakligini körsatib turdi. Işoning, bunaqasini doim ham köravermaysiz. Kroos şunçalik sovuqqon futbolçiki, öyin vaqtida töxtab «onlayn tarzda» reja tuza oladi.

Nega Kroos bunçalik xotirjam deb öylaysiz? Çunki u jahon çempioni bölgan, YeÇLni uç martalab yutgan. Mana şuning uçun ham futbolçi sovrinlar yutişi muhim hisoblanadi.

E'tibor bergan bölsangiz, Ramos ham penalti tepayotganda mana şunday sovuqqon harakat qiladi. Axir uning yutmagan sovrini qolmagan – jahon çempionati, Yevropa çempionati, YeÇL.

Taqqoslaş uçun, «Barselona» yetakçisi Lionel Messida mana şunday sovuqqonlik ba'zan yetişmaydi. Leo xohlasa-xohlamasa, jahon çempionatini yutmagani xayolining bir burçagida unga tinçlik bermay aylanaveradi. Barça musobaqalarni yutgan futbolçi esa özgaça bosiqlik bilan harakat qiladi.

Bu bilan hamma jahon çempionlari hayajonsiz öynaydi demoqçi emasmiz. Kroos kabi futbolçilar şubhasiz, istisno. Sönggi yillarda «Real»da köp özgarişlar böldi. Natijalar, öyinlar va umuman Madriddagi jarayonlarni kuzatsangiz, Kroos qaysidir ma'noda ötiş davri hisoblangan murakkab davrda Madrid uçun asosiy figuraga aylandi.

Bunday vaqtda futbolçilarning kayfiyatida va hatto öyinida özgariş paydo böladi. Masalan, Lopetegi vaqtidagi Marselo biz bilgan dunyoning eng zör qanot himoyaçisi emasdi, Beyl-ku umuman öz darajasidan tuşib ketdi, ammo Kroos barqaror öynaşda davom etdi. Toni «Real»ning boşqa futbolçilari kabi ijtimoiy tarmoqdagi çiqişlari bilan ham maşhur emas. U şunçaki maydonda özining işini qiladi, tamom.

Kroosning «Barselona»ga qarşi öyindagi harakati bir neça voqeani eslatadi. Bu şunçaki oddiy harakat emas, raqibga ruhiy zarba beradigan «jyest» edi. Yevro-2012 çorak finalida Italiya Angliya bilan töqnaşgan va penaltilar seriyasida yarimfinalga çiqqandi. Seriyada Andrea Pirlo Panenka uslubida töpni Jo Hartning ustidan taşlab qöygan va bu bilan raqibga ruhiy zarba bergandi. Bunday mas'uliyatli pallada tavakkal qila oliş esa çinakam katta futbolçilarga xos.