Buyuk Britaniya hukumatining boş tibbiy maslahatçisi Kris Uitti mamlakatda koronavirus epidemiyasi yuz berişi ehtimoli bor deb hisoblamoqda. U bu haqda BBC’ga bergan intervyusida aytdi.
Eng yomon körinişdagi ssenariyda Birlaşgan Qirollikning 80 foizgaça aholisi koronavirus yuqtirişi mumkin, dedi BBC Breakfast dasturida. Uning sözlariga köra, kasallik albatta epidemiyaga aylanadi deb ta'kidlab bölmaydi.
"Kasallik yuqtiriş tölqini bizgaça yetib keladi, ammo uning miqyosini bilmaymiz", - dedi Uitti.
Buyuk Britaniyada ayni paytgaça 53 kişida koronavirus aniqlangan. Qirollik hukumati 3 mart kuni koronavirusga qarşi kuraşiş böyiça çora-tadbirlar rejasini işlab çiqdi.
Koronavirus sababli 10-12 mart kunlari ötkaziliş lozim bölgan yillik London kitob yarmarkasi bekor qilindi.
Mamlakatda koronavirusga çaliniş bilan boğliq dastlabki ikki holat yanvar oxirida qayd etilgandi.













