Joriy yilning 3 mart kuni Transport vazirligida Jahon banki guruhiga kiruvçi Xalqaro moliya korporatsiyasining Yevropa va Markaziy Osiyo böyiça mintaqaviy direktori Vibke Şloyemer boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.
Uçraşuvda Özbekistondagi aeroportlarni modernizatsiya qiliş va boşqaruviga xorijiy investorlarni jalb etiş böyiça Xalqaro moliya korporatsiyasi tomonidan konsultativ maslahatlar beriş masalalari muhokama etildi.
Transport vaziri Elyor Ğaniyev Vibke Şloyemerni sönggi yillarda Özbekiston fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar hamda 2020 yilga belgilangan rejalar bilan taniştirib ötdi. Şuningdek, aeroportlar iş faoliyatini takomillaştiriş, bu yerda yölovçilarga körsatilayotgan xizmatlar sifatini zamon talablari darajasiga yetkaziş böyiça özaro fikr almaşildi.
Muzokaralarda Özbekistonda davlat xususiy-şeriklik asosida amalga oşirilişi közda tutilayotgan investitsion loyihalarni amalga oşirişda Xalqaro moliya korporatsiyasi bilan özaro hamkorlik masalalari körib çiqildi.












