Har bir mamlakatning taqdiri undagi ta'lim tizimiga, yoş avlodga, öqituvçilarga yaratib berilayotgan şaroitlarga bevosita boğliq. Oxirgi yillarda mamlakatimizda ta'limga berilayotgan e'tibor ham bejizga emas. Bugun ustozi berayotgan bilimni çanqoqlik bilan özlaştirayotgan har bir qora köz ulğayib el-yurtga, vatanga naf keltiradi.

Payariq tumanidagi 1-sonli umumiy örta ta'lim maktabi tumanda maşhur. Uşbu öquv dargohi bitiruvçilari bugun turli sohalarda xalq xizmatida bölib turibdi. Bunda öz kasbiga sadoqatli, jonkuyar öqituvçilarning hissasi katta.

2 mart kuni tajribali va fidoiy öqituvçilardan biri Tursunoy Örinova rahbarlik qilayotgan maktabning 3-«A» sinf öquvçilari Özbekiston Prezidenti tomonidan ilgari surilgan beşta taşabbusning ta'limni rivojlantirişga doir yönalişini tarğib qiliş munosabati bilan ota-onalar, maktab öquvçilari hamda öqituvçilar uçun bayram tadbiri uyuştirdi.

«Bugun men rahbarlik qilayotgan 3-«A» sinf öquvçilari tayyorlagan tadbirdan könglim töldi. Öquvçilarni tayyorlaşda menga yaqindan yordam bergan amaliyotçi, SamDU Pedagogika fakulteti boşlanğiç ta'lim va sport tarbiyaviy işi yönalişi 103-guruh talabasi Laylo Muhiddinovaga rahmat aytaman. Oçiği, bolajonlarimning tadbirni juda yuqori saviyada ötkazişlarini kutmagan edim. Ota-onalar, öquvçilar va öqituvçilar işimizga yuqori baho berişdi. Kelajakda ularning yanada bilimli va odobli bölişlari uçun bundan-da köproq mehnat qilişga tayyorman», - deydi Tursunoy Örinova. 

Bugungi kunda 1-sonli umumiy örta ta'lim maktabida 595 nafar öquvçi ta'lim olmoqda. Ulardan 284 nafari qiz bola. Boşlanğiç sinflarda jami 250 nafar öquvçi öqiydi. 

Reklama huquqi asosida