Koronavirus tarqalgan mamlakatlardan kelganlar izolyatsiya tartibini buzadigan bölsa 5 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin. Bu haqda Moskva soğliqni saqlaş departamenti saytida ma'lum qilindi, deb yozadi Bi-bi-si.
Rossiyada ötgan sutka davomida koronavirusga çaliniş bilan boğliq uçta holat qayd etildi, deb xabar beradi Interfaks. Rossiyada uşbu kasallikni yuqtirganlar soni 17 nafarga yetdi. Kasallik bilan boğliq yangi holatlar Moskva, Kaliningrad va Belgorod oblastlarida röyxatga olingan.
Ma'lum qilinişiça, Rossiya hukumatining farmoyişi bilan, koronavirus infeksiyasi atrofdagilarga xavf soluvçi kasallik deb belgilangan, sanitariya-gigiyena çoralarini buziş esa Rossiya jinoyat kodeksining tegişli moddasi bilan jazolanişga olib keladi.
"Tartibga rioya qilinişi videokuzatuv yordamida nazorat qilinadi, tartibni buzgan fuqaro observatorga joylaştirilişi közda tutilgan", - deyiladi saytda.
Qayd etilişiça, bu qoida turistlar va Moskvada registratsiyadan ötmaganlarga ham taalluqli.
Qonunçilikning buzilişi javobgarlikka, jumladan 5 yilgaça muddatga ozodlikdan mahrum qilişga olib keladi.
Avvalroq Moskva meri Sobyanin koronavirus tarqalişi sababli poytaxtda "yuqori darajadagi tayyorgarlik rejimi"ni joriy etişga buyruq bergandi.
Saytda aytilişiça, Eron, Xitoy, Janubiy Koreya, Italiya, Fransiya, Germaniya va Ispaniyadan kelganlar maxsus telefon raqamiga qönğiroq qiliş orqali uydan çiqmasdan tibbiy varaqa olişlari mumkin.
Avvalroq Moskva ta'lim va fanlar departamenti 10 martdan e'tiboran koronavirus tarqalgan mamlakatlardan kelgan talabalar poytaxtdagi oliy ta'lim muassasalarida öqişga qöyilmasligi va ular öz turar joyida ikki haftalik karantinda bölişi, masofadan turib ta'lim olişlari mumkinligini ma'lum qilgandi.













