9 mart kuni Toşkent viloyati Quyi Çirçiq tumanida Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 5ta muhim taşabbus doirasida bolalar va ösmirlar sport maktabi kapital ta'mirdan çiqarilib, foydalanişga topşirildi.

Loyiha qiymati 4 milliard 835 million söm bölgan (şundan 3 mlrd 492 mln söm davlat budjeti, 1 mlrd 343 mln söm mahalliy budjet) mazkur obektning işga tuşirilişi natijasida bu yerda ajoyib futbol stadioni, oçiq tipdagi basketbol va voleybol maydonçalari, yuguriş yölakçasi hamda 12×24 ölçamdagi sport zal mahalliy yoşlar ixtiyoriga topşirildi.

Endilikda uşbu bolalar va ösmirlar sport maktabida 12ta sport turi böyiça tögaraklar taşkil etilib, ularga qariyb ming nafarga yaqin mahalliy yoşlarni qamrab oliş imkoniyati yaratildi.

Tabiiy maysali futbol maydonining ölçamlari bemalol Professional futbol ligasi tomonidan ötkazib kelinayotgan Pro-liga musobaqalarini qabul qiliş imkonini beradi. Maydon holati ham ideal darajada. Şu sabablimi «B» Pro-liga iştirokçisi bölmiş «Rubin» jamoasi öz uy uçraşuvlarini şu stadionda ötkaziş istagini bildirmoqda.

Quyi Çirçiq tumani BÖSMning mazkur filiali 1974 yilda qurilgan bölib, öz vaqtida bu yerda futbol böyiça xalqaro turnirlar taşkil etilgan. Ammo, keyinçalik uşbu stadion va sport zal qarovsiz ahvolga kelib qolgandi. Kapital ta'mirdan keyin majmua zamonaviy köriniş oldi.

Bolalar va ösmirlar sport maktabining oçiq basketbol maydonida mini-futbol va gandbol bilan ham şuğullaniş imkoniyati mavjud. Oçiq voleybol maydonini esa badminton sport turiga moslaştiriş mumkin. Xullas, Quyi Çirçiq tumani bolalar va ösmirlar sport maktabi asosan sportning öyin turlarini rivojlantirişga ixtisoslaşgan, desak adaşmaymiz. Sport zal esa boks va kuraş turlariga moslaşgan. Şuningdek, bu yerda qor-yoğinli kunlarda voleybol bilan ham şuğullansa böladi.

Quyi Çirçiq tumani bolalar va ösmirlar sport maktabining tantanali oçiliş marosimida Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiyev, Quyi Çirçiq tumani hokimi Akmal Xolmurodov hamda sport jamoatçiligi iştirok etdi.

Şuningdek tadbirda, erkin kuraş böyiça ikki karra jahon çempioni, Osiyo öyinlari ğolibi va Osiyo çempioni taniqli sport ustasi hozirgi kunda murabbiylik kasbi bilan şuğullanayotgan Dilşod Mansurov ham sözga çiqib, yoş sportçilarga berilayotgan bu kabi e'tibordan xursandligini qayd etdi.

Tadbir yakunida Quyi çirçiqlik sportçi yoşlar yiğilganlarga öz mahoratlarini namoyiş etişdi.

Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Matbuot xizmati