Bu haqda Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi Abduşukur Abdullayev 10 mart kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida bölib ötgan «Hukumat soati»dagi hisobotida ma'lum qildi.
«Tahlillarimizga köra, 2020 yilning 1 fevral holatiga:
- respublika miqyosida 37700ta holatda suğoriladigan yerlar özboşimçalik bilan egallab olingan;
- jami 7948 gektar ekin maydonida uylar qurilgan, boğlar taşkil etilgan, ayrim fermerlar öziga foydalaniş uçun berilgan yerlarni turarjoy quriş uçun boşqa fuqarolarga sotib yuborişgan.

Mana şu holatlarga barham beriş, davlat zaxirasida turgan yer maydonlarini davlatga qaytariş böyiça davlat rahbarining topşiriğiga binoan butun respublika böyiça keng masştabda işlar olib borilmoqda.
Şu maqsadda har bir tumanda mahalliy hokimlik, huquqni muhofaza qiliş idoralari hamda yer bilan boğliq masalalarda mutasaddi hisoblangan taşkilotlarning vakillari iştirokida işçi guruhlar tuzilgan bölib, ularning sa'y-harakatlari natijasida 2020 yil 2 mart holatiga köra özboşimçalik bilan egallab olingan 7948 gektar ekin maydonining qariyb 30 foizi qaytarildi», dedi Abdullayev.
Uning hisobotiga köra, 2000-2020 yillarda Özbekiston böylab jami 160 ming gektarga yaqin yer maydoni asossiz tarzda suğoriladigan yer maydoni toifasidan çiqarib yuborilgan.

«2000 yildan to şu kungaça bölgan vaqt mobaynida respublikamizda 160 ming gektarga yaqin yer maydoni suğoriladigan yer maydoni toifasidan çiqib qolgan. Aslida ular suğoriladigan yerlar hisoblanadi. Bu yerlar hisobotlarda ekin maydoni deb körsatilib kelingan.
Joyiga çiqib örganganimizda bunday yerlarda turli xil bino-inşootlar, işlab çiqariş obektlari qurib taşlanganini kördik.
Özbekistonda ekin maydonlari çeksiz emas. Ekin maydonlarimiz 4,2 mln gektarni taşkil qiladi. Buning hammasi suğoriladigan yer emas, afsuski, ularning hajmi ança kam», deydi Abduşukur Abdullayev.

Özbekistonda qança yer maydoni özboşimçalik bilan egallab olingani aniqlandi
Senator: Kadastr hujjatlarini rasmiylaştirişdagi muammolarga sabab – mutasaddilarning beparvoligi
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi raisi katta şov-şuv keltirib çiqargan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanining «Xalqobod» mahallasida fermer xöjaligiga ajratilgan yer maydonida noqonuniy turarjoylar barpo etgan fuqarolar va huquq-tartibot organlari örtasidagi mojaroli holatga ham töxtalib ötdi.
«Oxirgi paytlarda ayrim hududlarimizda kuzatilgan noxuş holatlardan saboq olgan holda yerlarni davlatga qaytarişda bosqiçma-bosqiç harakat olib borilyapti. Birinçi navbatda oğriqsiz hal etiladigan masalalar bor, ya'ni işçi guruhning örganişlari davomida ekin ekiladigan yerga aholi şağal tökib, öziga yöl qilgan yoki yer maydonini beton ğiştli devor bilan örab olib, öşa yerda quriliş qilmoqçi bölgan holatlarga yeçim topilyapti.
Şuningdek, turarjoyning poydevori kötarib qöyilgan, endi uy qura boşlaganlar bilan ham tegişli tuşuntiriş işlarini olib boriş natijasida yerlar qaytarilmoqda.
Özboşimçalik bilan egallab olingan yerda uy qurib olib, u yerda yaşayotganlar masalasi – eng oğriqli masalalardan biri. Bu işlari notöğri ekanini tuşuntirsangiz, xatosini tan olib noqonuniy egallagan joylaridan çiqib ketayotganlar juda kam. Uylari buzilgan, boradigan boşqa joylari bölmaganidan, köçada qolayotganlar ham bor. Şuni inobatga olgan holda, muammoni boşqaça yöl bilan hal etiş masalasi körilayapti», deydi «Yergeodezkadastr» qömitasi raisi.
Hokimlar noqonuniy yer ajratgani uçun nega javobgarlikka tortilmagan?
Sönggi 2 yilda 56 ming gektar yer hokimliklar tomonidan noqonuniy ajratilgan – Boş prokuratura












