Oliy Majlis Senatiga uy-joylarga kadastr hujjatlarini rasmiylaştiriş, davlat röyxatidan ötkazişdagi byurokratik tösiq va muammolar hal etilmayotganligidan norozi bölgan fuqarolardan köplab arizalar kelib tuşmoqda, deya ma'lumot berdi senator Muhamet Jumageldiyev.
Ma'lum qilinişiça, Farğona şahar Barhayot-Boyçeçak köçasida istiqomat qiluvçi 100 nafardan ortiq fuqaro şahar hokimining 2005 va 2007 yillardagi qarorlariga binoan ajratib berilgan yer maydonlariga yakka tartibda uy-joy qurib, ötgan yillar davomida yaşab kelayotgan bölsa-da, uy-joylariga kadastr hujjatlari rasmiylaştiriş böyiça davlat hokimiyati idoralariga qilayotgan murojaatlari natijasiz qolayotganligini bildirgan.
«Kadastr hujjatlari rasmiylaştirilmasligiga şahar hokim qarori bilan ajratilgan yer maydoni fermer xöjaligiga tegişli ekanligi va şu kungaça fermer xöjaligi hisobidan çiqarilmaganligi asosiy sabab qilib körsatilgan», — deydi senator.
Bundan taşqari, senator ayrim holatlarda heç qanday ruxsatsiz, dehqon‑fermer xöjaliklari va tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan ularga vaqtinçalik foydalanişga berilgan yerlardan fuqarolarga uy‑joy quriş uçun sotib yuboriliş holatlari haqida ma'lumot berdi.
«Bunday holatlarning yuz berişiga davlat organlari, eng avvalo, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat, şu jumladan, yer kadastri, arxitektura va quriliş sohasidagi vakolatli organlarning beparvoligi sabab bölmoqda», — Senat qömita raisi.
Jismoniy şaxslar köçmas mulk obektlarini davlat röyxatidan ötkazişdagi tösiqlarni bartaraf etiş, ularni soliqqa tortişga doir qonun hujjatlari ijrosini ta'minlaşga qaratilgan Özbekiston Respublikasi Boş vaziri örinbosariga Parlament sörovi yuboriş taşabbusini Senat ma'qulladi.
Parlament sörovida quyidagi masalalar nazarda tutilgan:
—jismoniy şaxslarning kadastr hujjatlari mavjud bölmagan yer maydonlari va köçmas mulk obektlarini haqiqiy holatdan kelib çiqib, har bir tuman (şahar) kesimida qayta körib çiqib tegişli ma'lumotlar bazasini yaratiş;
—aniqlangan muammolarni bartaraf etiş böyiça vazirlik, qömita va joylardagi mahalliy davlat hokimiyati, boşqaruvi organlari tomonidan amalga oşiriladigan vazifalar böyiça aniq moliyaviy manbalari, ijroçilari va ijro muddatlari körsatilgan hududiy va tarmoq dasturlarini qabul qilib ijrosini ta'minlaş;

















