Toşkent şahar hokimligida hokimlikning qator mutasaddilari iştirokida şahar faollari, OAV va blogerlar uçraşuv bölib ötdi. 

Uçraşuvda Toşkent şahrining boş rejasi qaçon qabul qilinişi va taqdim etilişi masalasi kötarildi. Bunga javoban poytaxt boş arxitektori Nuriddin Sagatov şunday dedi:

– Şu paytga qadar ham Toşkent şahrining boş rejasi böyiça bir neça konsepsiyalar e’lon qilindi. Ammo ular talabga javob bermaganligi uçun qabul qilinmadi. Aniq muddatlar böyiça hozirça javob berib bölmaydi, bu borada qöşimça ma’lum qilamiz. Toşkent şahrining boş rejasi yangi özgarişlarni, demografik jarayonni sönggi yangiliklarni qamrab olişi lozim. Toşkent şahri nafaqat poytaxt, balki aholisi eng tez ösib borayotgan hudud hisoblanadi, biz şuni ham hisobga olişimiz kerak. 

Eslatib ötamiz, Toşkent şahar boş rejasining konsepsiyasi taqdim qilinişi böyiça bir neça marta ma’lumotlar berilgan, keyinçalik muddatlar uzaytirilgandi.

Xususan, quriliş vaziri örinbosari Şuhratxöja Hoşimov 2019 yilning iyunida boş reja konsepsiyasining keçikayotgani Toşkent şahar hokimligining muammosi ekanini aytgan, şu bilan birga bu iş jiddiyligi va uzoq vaqt talab qilişini ta’kidlagan holda, turk va ingliz kompaniyalari bilan hamkorlikda tayyorlanayotgan poytaxt boş reja konsepsiyasi yaqin 1,5-2 oy içida tayyor bölişini bildirgandi.