Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligining uşbu Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning öquv rejalari va öquv dasturlarini yangidan işlab çiqiş hamda ularda interaktiv tarzda çuqurlaştirib öqitiş haqidagi taklifiga rozilik berildi.

Quyidagilar:

Prezident, ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning tayanç öquv rejasi;

Prezident, ijod va ixtisoslaştirilgan maktablarni rivojlantiriş agentligi tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarni otaliqqa oliş va rivojlantiriş uçun biriktiriladigan oliy ta'lim muassasalari, vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari röyxati tasdiqlandi.

Quyidagilarga:

a) ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarni otaliqqa olgan oliy ta'lim muassasalariga:

ixtisoslik yönalişlaridan kelib çiqib maktablarga oliy ta'lim muassasalarining yuqori malakali professor-öqituvçilarini dars maşğuloti ötişga yönaltiriş tartibini tegişli kasaba uyuşmasi bilan kelişgan holda işlab çiqiş va amaliyotga tatbiq etiş;

maktablarda öqituvçilarni yuqori malakali mutaxassislardan iborat tarkibda şakllantirişga kömaklaşiş, xususan, ularda magistrlik darajasiga ega bölgan pedagoglar sonini bosqiçma-bosqiç oşirib boriş çoralarini köriş;

ta'lim jarayoniga innovatsion pedagogik usul va texnologiyalarni joriy qilişning ilmiy asoslarini yanada mustahkamlaş çoralarini köriş;

yuqori sinf öquvçilarini ixtisoslik fani böyiça oliy ta'lim muassasalarida ta'limni davom ettirişga yönaltiriş;

bolalarning ijodiy qobiliyati va iqtidorini rivojlantiriş, şuningdek, ularning maktabdan taşqari vaqtlarini samarali taşkil etiş maqsadida zamonaviy usul va uslublarini joriy etiş;

b) ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarga biriktirilgan vazirliklar, idoralar hamda mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlariga:

Agentlik bilan birgalikda bir oy muddatda biriktirilgan maktablar faoliyatini rivojlantiriş böyiça çora-tadbirlar rejasini tasdiqlaş va ijrosini ta'minlaş;

Prezidentning 5ta taşabbusi doirasida maktablarda amalga oşirilayotgan işlar samaradorligini oşiriş;

öquvçilarda vatanparvarlik tuyğusini kamol toptiriş maqsadida taniqli davlat va jamoat arboblari, sohaning ijodkor va ilğor yoşlari bilan uçraşuvlar taşkil qiliş;

öquvçilarning ilm-fanga bölgan qiziqişlarini yanada kuçaytirişga qaratilgan, ularning zehnini çarxlovçi va ilmiy qiziqişlarini qöllab-quvvatlovçi tadbirlarni taşkil qiliş;

maktablarning kuzatuv kengaşlariga ularni otaliqqa olgan taşkilotlarning rahbarlariga raislik qiliş vazifalari yuklandi.

Agentlikning ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarda dars va fakultativ maşğulotlarni olib borişda ilğor xorijiy mamlakatlarning e'tirof etilgan darsliklaridan foydalaniş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Agentlik:

a) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarga taşabbuskor, keng dunyoqaraş hamda yuqori ilmiy salohiyatga ega ilğor pedagog kadrlarni tanlov asosida işga jalb qiliş tartibini;

ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning içki mehnat tartibi qoidalarini işlab çiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlaydi.

Bunda öqituvçining:

fan yönalişi böyiça kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma'lumot va kamida ikkinçi malaka toifasiga ega bölişi;

öquv fanining ilmiy-nazariy asoslari, mazmuni va öquv jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini amaliyotda qöllay olişi, dars ötiş metodikasi va uni taşkil etiş texnikasini bilişi;

xorijiy tillardan birini boşlanğiç darajada özlaştirgan bölişi hamda ilğor xalqaro tajribadan xabardorligi;

yuksak axloqiy fazilatlar hamda ijtimoiy-siyosiy bilimlarga ega bölişi;

fan olimpiadalari, körik-tanlovlar va turli musobaqalarda yutuqlarga erişganligi hamda professional tanlovlarda yuqori natijalarni qölga kiritganligi kabi mezonlar nazarda tutiladi.

b) Ta'lim sifatini nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyuşmalari federatsiyasi bilan birgalikda 2019/2020 öquv yili yakunida ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarda ta'lim sifatini oşiriş, jumladan, rahbar va pedagog xodimlar salohiyati böyiça örganişlar ötkazadi hamda 2020/2021 öquv yilidan boşlab ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarda ta'lim sifatini oşiriş, şuningdek, ularga yuksak malakali rahbar va pedagog xodimlarni jalb etiş çoralarini köradi;

v) xalqaro rekruting kompaniyalari bilan hamkorlikda maktablarga yuqori malakali xorijiy pedagoglarni işga yollaşni yölga qöyadi;

g) ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar öqituvçilari, rahbar va pedagog xodimlarining xorijdagi yetakçi ilmiy va ta'lim muassasalarida malaka oşirişlarini taşkil etiş yuzasidan har yil yakuniga qadar Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi qoşidagi mutaxassislarni xorijda tayyorlaş va vatandoşlar bilan muloqot qiliş böyiça “El-yurt umidi" jamğarmasiga taklif kiritadi.

Belgilab qöyilişiça, 2020 yil sentabr oyidan boşlab:

ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning ma'muriy-boşqaruv, pedagogik, öquv-yordamçi, texnik va xizmat körsatuvçi xodimlari lavozim maoşiga 100 foiz miqdorida oylik ustama haq tölanadi, şuningdek, ularni iş haqi fondi hisobiga 50 foizdan köp bölmagan miqdorda rağbatlantiriş jamğarmasi taşkil etiladi;

ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarda dars bergan oliy ta'lim muassasalari professor-öqituvçilarining asosiy iş joyidagi lavozim maoşlariga oliy ta'lim muassasalarining budjetdan taşqari mablağlari hisobiga 30 foiz miqdorida ustama haq tölanadi;

kelgusida Agentlik tizimida taşkil etiladigan boşqa ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar uçun ham uşbu mehnatga haq tölaş tizimi tatbiq etiladi.

Belgilab qöyilişiça:

ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablar faoliyatini moliyalaştiriş davlat budjeti mablağlari, yuridik va jismoniy şaxslarning homiylik xayriyalari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobiga amalga oşiriladi;

ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarda fakultativ maşğulotlarni olib boriş bilan boğliq xarajatlar davlat budjeti mablağlari hisobiga qoplanadi;

Agentlikka ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarning moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojidan kelib çiqqan holda öquvçilarni qabul qiliş kvotalarini mustaqil belgilaş, mavjud sinflarda öquvçilar sonini maqbullaştiriş va töldiriş, tayanç öquv rejasi doirasida özgartiriş kiritiş huquqi beriladi;

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 martdagi 244-son qarori bilan tasdiqlangan Özbekistonga xorijdan işçi kuçini jalb qiliş va undan foydalaniş tartibi töğrisidagi nizom Agentlik tizimidagi ijod maktablari va ixtisoslaştirilgan maktablarga hamda uşbu maktablarda işlaş uçun jalb etiladigan öqituvçilar va mutaxassislarga nisbatan tatbiq etilmaydi.