14 martdan boşlab koronavirus kirişining oldini oliş hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyiştaligini ta'minlaş maqsadida Özbekiston bilan Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya örtasidagi barça aviaqatnovlar töxtatilgan.
Bunday vaziyatda yirik davlatlar va Özbekiston örtasida aviaqatnovlar qanday amalga oşirilişi, xususan charter reyslar rejasi yuzasidan qiziqib, “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi bilan boğlandik:
– Uçta davlat va Özbekiston örtasidagi aviaqatnovlar töxtatildi. Bular Fransiya, Ispaniya, Buyuk Britaniya kabi yirik davlatlardir. Hozir Yevroittifoqqa bir yönaliş – Germaniyaning Frankfurt şahriga qatnovlarni amalga oşiryapmiz.
Charter reyslarga kelsak, bu borada hozirça sörov kelib tuşmagan. Aviaqatnovlar töxtatilişi ham, bugun, 14 mart kunidan amalga kirdi. Şu bois hali çarterlar masalasi körib çiqilmadi.
Bunday vaziyatda charter reyslar rejasi Transport vazirligi va xorijiy davlatlardagi elçixonalarimiz bilan hamkorlikda işlab çiqiladi. Elçixonalar qaytiş istagida bölgan fuqarolar röyxatini şakllantiradi, Transport vazirligi esa vaqt va joyni belgilab beradi. Şunday keyin aviakompaniyamiz öşa belgilangan reja asosida charter reysni amalga oşiradi.
Har qanday yangiliklarni tezkorlik bilan jamoatçilikka yetkazamiz, – dedi “Özbekiston havo yöllari” aviakompaniyasi matbuot kotibi Habibullo Nabiyev.
Özbekistonliklarga Fransiya, Ispaniya va Buyuk Britaniyaga vaqtinça bormay turiş tavsiya qilindi













