Birlaşgan Arab Amirliklari 17 martdan boşlab diplomatik pasport egalaridan taşqari barçaga viza berişni töxtatadi. Bu haqda mamlakat röyxatdan ötkaziş va fuqarolik böyiça federal boşqarmasi xabar berdi.
"BAA ehtiyot çorasi va JSSTning koronavirus tarqalişiga qarşi kuraşiş böyiça tavsiyalari doirasida 17 martdan diplomatik pasport egalaridan boşqa barça uçun har qanday turdagi vizalar berişni töxtatadi", - deb xabar beradi Amirlik yangiliklar agentligi.
Qaror çiqquniga qadar viza olişga ulgurgan şaxslarga mazkur qaror taalluqli bölmaydi.
Qayd etilişiça, koronavirus keng miqyosda tarqalgan mamlakatlarda odamlarda mamlakatni tark etişidan oldin kasallikni aniqlaş tizimi yölga qöyilmaguniga qadar uşbu qaror amalda böladi.
Avvalroq Ummon 30 kunga turistik vizalar berişni töxtatgani, Kuvaytga mamlakat fuqarolari va ularning yaqin qarindoşlaridan boşqa şaxslarning kirişi taqiqlangani xabar qilingandi.
Şunindek, Özbekiston uçta davlat bilan aviaqatnovlarni töxtatdi, 6 ta davlat fuqarolarining kirişi taqiqlandi.













