Bu haqda BMT boş qarorgohidagi bir neçta manba xabar qilgan.
BMT boş qarorgohi koronavirusga çaliniş böyiça AQŞdagi eng yuqori körsatkiçlar qayd qilingan Nyu-York ştatida joylaşgan.
16 mart kuniga köra, ştatda kasallanganlar soni 950 nafarga yetgan, 7 kişi undan vafot etgan.
Avvalroq BMT boş kotibi Antoniu Guterriş BMT kotibiyati xodimlari iş joyida bölişlariga zarurat bölmasa, 16 martdan 12 aprelgaça masofadan işlaşlarini ma'lum qilgandi.
Ötgan hafta Filippinning BMTdagi doimiy vakolatxonasi öz xodimalaridan biri koronavirusga çalinganini ma'lum qilgan. Şundan keyin diplomatik vakolatxona yopilib, xodimlar karantinga jönatilgan.
14 mart kuni BMTdagi 50 dan köproq diplomatik missiya koronavirus tarqalişi sababli töliq yoki qisman masofadan işlaş tartibiga ötgani ma'lum qilingandi.












